Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Buxgalter.uz moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOVning oʻquvchilar savollariga javoblarini e’lon qilishni davom ettiradi.
- SKning 357-moddasida norezident daromadlaridan toʻlov manbaida ushlab qolingan foyda soligʻini qaytarish SKning 12-bobida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Mazkur bobda хalqaro shartnomaga binoan norezident daromadlaridan olingan foyda soligʻini qaytarish uchun hujjatlar roʻyхati mavjud emas. Bu holda norezident qanday hujjatlarni taqdim etishi lozim?
- Mazkur norma yangi hisoblanmaydi va 2020 yil 1 yanvargacha amal qilgan.
Soliq agenti soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini, agar daromad oluvchi norezident Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlsa, mustaqil ravishda qoʻllash huquqiga ega. Buni uning rezidentligini tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshirish mumkin
.
Shu bilan birga, agar toʻlov sanasida norezident uning rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qila olmagan boʻlsa, u хalqaro shartnomalar normalari, jumladan pasaytirilgan stavka qoʻllashni inobatga olgan holda undan ortiqcha ushlab qolingan soliqni qaytarish yuzasidan murojaat qilishga haqli.
Ortiqcha ushlab qolingan soliq summasi norezidentga soliq organlariga soliq agenti orqali beradigan uning yozma arizasiga koʻra soliq organi tomonidan bunday ariza olingan kundan e’tiboran 15 kun ichida qaytariladi
.
Bunda mablagʻlar soliq ushlab qolgan soliq agenti hisobvaragʻiga tushadi. U esa oʻz navbatida, ularni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishni inobatga olgan holda norezidentga oʻtkazadi. Bunda kursdagi salbiy (ijobiy) farq soliq agentining emas, balki norezidentning zarari (daromadi) hisoblanadi.
![]()