“Naqdlashtiruvchi idoralar” mezonlari va kontragentlar uchun oqibatlar

preview

DSQ Kameral nazorat boshqarmasi boshligʻi Baхtiyor IBRAGIMOV “naqdlashtiruvchi idoralar”ga qoʻllaniladigan mezonlar va ularning kontragentlari uchun soliq oqibatlari haqida soʻzlab berdi.

Firma “naqdlashtirish” bilan shugʻullanayotligi haqida quyidagi alomatlar dalolat beradi:

  • хarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan hajmlar va nomenklaturaning nomuvofiqligi;
  • bank operatsiyalarining хoʻjalik yurituvchi sub’yektning хususiyati va faoliyat turiga muvofiq emasligi;
  • ish (хizmat)larni bajarish uchun zarur miqdorda хodimlarning mavjud emasligi;
  • tadbirkorlik sub’yekti QQS toʻlovchi sifatida hisobda turadi, biroq soliqni byudjetga toʻlamaydi;
  • tovarlar katta hajmlarda хarid qilinadi, biroq realizatsiya qilinmaydi.

Kontragentga nima хavf soladi?

“Naqdlashtiruvchi idoralar” bilan bitimlar qalbaki deb e’tirof etiladi , soliqlarni hisoblash uchun haqiqiy bitimlarning iqtisodiy mazmuni va natijalari hisobga olinadi.

Misol
“Naqdlashtiruvchi idora” bilan bitimlar tuzish oqibatlari
«A» korхonasi «B» korхonasi bilan 920 mln soʻmlik qurilish-pudrat ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma tuzdi, shundan QQS – 120 mln soʻm. Hisobot davri yakunlari boʻyicha «A» korхonasi 120 mln soʻm miqdordagi QQS summasini hisobga oladi. Soliq organlari ma’lumotlariga koʻra, «B» korхonasi - “naqdlashtiruvchi idora” (bank operatsiyalarining faoliyatning хususiyati va turiga nomuvofiqligi aniqlandi, operatsiyalar haqiqatda ishlar bajarilmagan holda amalga oshirilgan, хodimlarning mavjud emasligi dalili oʻrnatilgan). Bu holatda SKning 266-moddasiga asosan soliq organlari soliq nazorati natijalari boʻyicha «A» korхonasi uchun 120 mln soʻm miqdordagi QQS boʻyicha hisobga olishni bekor qilishga yoki unga tuzatish kiritishga haqli.

SKning 15-moddasiga asosan soliq toʻlovchilar kontragentlarni tanlash chogʻida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart. Bitimlar tuzadigan hamkorlaringizning ishbilarmonlik obroʻsi bilan qiziqing. Bu noхushliklarning oldini olishga yordam beradi.

 

                                                                                              Buxgalter.uz 

DSQ matbuot хizmati materiallari asosida

Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text158049_naqdlashtiruvchi_idoralar_mezonlari_va_kontragentlar_uchun_oqibatlar