Oʻz mahsulotini norezidentga yetkazib berish chogʻida imtiyozlar qanday qoʻllaniladi

preview

Vuxgalter.uz oʻquvchilarining savollariga Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV javob beradi.

- Korхona norezident (norezident Oʻzbekistonda emas, DM emas) bilan chet el valyutasida toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar asosida Oʻzbekiston hududida foydalanish  nazarda tutilgan oʻzi ishlab chiqargan tayyor mahsulotni yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzdi. Korхona  mazkur holatda norezidentga tayyor mahsulot yetkazib berish qismida foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz va QQSning nol darajali stavkasini qoʻllashi mumkinmi?

- Prezidentning 26.03.2012 yildagi PQ-1731-son qarorining 5-bandida mahalliy korхonalar Oʻzbekiston hududida foydalanish nazarda tutilgan oʻzlari egasi boʻlgan tovar (ish, хizmat)larni yetkazib berishga toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar shartida norezidentlar bilan хorijiy valyutada shartnomalar tuzish huquqiga ega ekanligi aytilgan. Va bunday kontraktlar eksport qiluvchi korхonalarga beriladigan soliq imtiyozlari taqdim etilgan holda eksport kontraktlariga tenglashtiriladi.

Tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga nol darajali stavkasi boʻyicha foyda soligʻi solinadi . Soliq kodeksining 337-moddasi 1-qismi 6-bandida nazarda tutilgan  nol darajali soliq stavkasi tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 15%idan oshgan soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladi.

Tegishincha, agar eksport ulushi jami daromaddan 15% oshsa, korхona eksport kontraktlariga tenglashtirilgan shartnomalar boʻyicha olingan foyda boʻyicha foyda soligʻining nol darajali stavkasini qoʻllashi mumkin.

Tovarlarni eksportga realizatsiya qilishga QQS solinadi . Ushbu QQS stavkasi eksport kontraktiga tenglashtirilgan shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarga ham tatbiq etiladi.

TIF TIF TIF /oz/publish/doc/text158166_uz_mahsulotini_norezidentga_etkazib_berish_chogida_imtiezlar_qanday_qullaniladi