Agar TXKM reyestrda boʻlmasa nima qilish kerak

preview

Vuxgalter.uz oʻquvchilarining savollariga «Maron» TXKM mutaxassisi Rustam Yoqubov javob beradi.

- TXKM reyestrida faqatgina 4 ta tashkilot mavjud. Aslida esa  onlayn-NKMni ulash va unga xizmat koʻrsatish bilan ushbu roʻyxatda boʻlmagan tashkilotlar ham shugʻullanadi. Bundan tashqari, hududlarda TXKMning vakolatli vakili sifatida tanishtiriladigan mutaxassislar bor. Bularning hammasi toʻgʻrimi va zarur masalalar yuzasidan kimga murojaat qilish lozim?

- Bu butunlay me’yordagi vaziyat. TXKM reyestriga kiritilganlar mijozlar bazasini kengaytirish va ularga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun hamkorlik qiluvchi sherik huquqida faoliyat koʻrsatadigan hududiy filiallarni tashkil etadi. 943-son VMQga asosan bunday filiallar yuridik shaxs shaklida barpo etiladi va sheriklik shartnomasi asosida ishlaydi. Bunday tashkilotlar DSQda TXKM sifatida roʻyxatdan oʻtmaydi, biroq ularning faoliyati butunlay qonuniy.

Keng radiusda xizmat koʻrsatuvchi filiallar ham qoidaga koʻra, olis aholi punktlarida oʻz mutaxassislariga ega. Ular asosan konsalting xizmatlari koʻrsatish, uskunani sozlash va ta’mirlashga jalb qilingan.

Har qanday holatda, siz TXKMga yoki ularning hududiy filiallariga murojaat qilgan holda onlayn-NKM yoki virtual kassani  sotib olishingiz va roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin.

Naqd hisob-kitob Naqd hisob-kitob Naqd hisob-kitob /oz/publish/doc/text158337_agar_thkm_reestrda_bulmasa_nima_qilish_kerak