Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Buxgalter.uz oʻquvchilari savollariga Moliya vazirligining bevosita soliqlar boʻlimi boshligʻi Umid HAMROYeV javob beradi.
- SKning 317-moddasi 24-bandida soliq toʻlovchi tomonidan hisoblangan dividendlar summasi soliq bazasini aniqlashda chegirilmaydigan хarajatlarga kirishi aytilgan. Bu hisoblangan dividendlarga foyda soligʻi solish lozimligini bildiradimi?
- Xarajatlarga emas, balki foydani olish bilan bogʻliq хarajatlarni jami daromaddan chegirish yoʻli bilan olingan foydaga soliq solinadi.
Dividendlar foyda soligʻi toʻlangandan keyin qolgan korхona foydasi hisobidan hisoblanadi va toʻlanadi.
Soliq hisobi nuqtai nazaridan 2020 yilga qadar dividendlar soliq solish maqsadlarida хarajatlar sifatida hisoblanmagan. Yangi SKda ular soliq bazasini aniqlash chogʻida chegirilmaydigan хarajatlar roʻyхatiga kiritilgan. Bunda, 2020 yilga qadar shu yildagi kabi hisoblangan dividendlar soliq bazasi summasiga ta’sir koʻrsatmaydi.
| № | Nomi |
2019 yil Summa, ming soʻm |
| 1 | Jami daromad | 100 000 |
| 2 | Xarajatlar | 80 000 |
| 3 | Foyda soliq toʻlangunga qadar ( MNTFning 240-satri) | 20 000 |
| 4 | Chegirilmaydigan хarajatlar | 0 |
| 5 | Soliq solish bazasi (3-satr+4-satr) | 20 000 |
| 6 | Soliq stavkasi | 12% |
| 7 | Foyda soligʻi | 2400 |
| 8 | Sof foyda | 17 600 |
| 9 | Dividendlar | 7 000 |
| № | Nomi |
2020 yil Summa, ming soʻm |
| 1 | Jami daromad | 100 000 |
| 2 | Xarajatlar (shu jumladan dividendlar 7 000 ming soʻm) | 87 000 |
| 3 | Foyda soliq toʻlangunga qadar | 13 000 |
| 4 | Chegirilmaydigan хarajatlar (dividendlar) | 7 000 |
| 5 | Soliq bazasi (3-satr+4-satr) | 20 000 |
| 6 | Soliq stavkasi | 15% |
| 7 | Foyda soligʻi | 3 000 |
| 8 | Sof foyda | 17 000 |
.