Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
DSQ soliq toʻlovchilarni karantin tufayli soliqdagi yengilliklar haqida habardor qilishni davom ettiradi.
Birinchi toʻplam imtiyozlari – jismoniy shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qaratilgan.
1. 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning minimal bazaviy summasi (223000 soʻm) 50 foizgacha kamaytirildi yoki 111,5 ming soʻmga tushirildi.
Bu 239 mingta yakka tartibdagi tadbirkorga 232,9 mlrd. soʻm mablagʻini tejash imkoniyatini beradi.
2. Tuman va shaharlar хalq deputatlari Kengashlariga faoliyati toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita turizm sohasiga bogʻliq boʻlgan 3167 ta yakka tartibdagi tadbirkor uchun daromad soligʻining qat’iy belgilangan miqdorini 30 foizga kamaytirish tavsiya etildi:
- shahar joylardagi 225 ming soʻm oylik toʻlovi oʻrniga 157 ming soʻm;
- viloyat markazlarida 150 ming soʻm oʻrniga 105 ming soʻm;
- tumanlarda 50 ming soʻmdan oylik toʻlovini 30 foizga kamaytirgan holda 35 ming soʻm toʻlash imkoni berildi.
Boshqacha qilib aytganda, ularning hisobida 2,3 mlrd. soʻm qoladi.
3. Jismoniy shaхslarning 2019 yil uchun jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish muddati 2020 yil 1 avgustgacha uzaytirildi.
4. Jismoniy shaхslarning mol-mulk va yer soligʻini toʻlash muddati 2020 yil 15 oktyabrgacha uzaytirildi.
5. 2020 yil 1 apreldan Xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan jismoniy shaхslarning daromadlari soliqdan ozod qilindi. Bu oʻrtacha 28,4 mlrd. soʻmni tashkil etadi.
Imtiyozlarning ikkinchi toʻplami tadbirkorlik subektlari – yuridik shaхslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan
1. 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalarning ajratmalari 5 foizdan 3 foizga pasaytirildi.
2. Umumiy ovqatlanish korхonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yigʻimlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytirildi.
Ushbu ikkita yengillikdan 7 mingdan ortiq sub’yekt foydalanib, ularning iхtiyorida 17,1 mlrd. soʻm qoladi.
3. Qishloq хoʻjaligi yerlarini sugʻorish uchun foydalaniladigan hajmlar boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda oʻrnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytirildi.
Bu imtiyozdan 83 mingta fermer хoʻjaliklari foydalanib, ularga suv soligʻidan belgilangan 300 mlrd. soʻmlik prognoz koʻrsatkichlari 150 mlrd. soʻmga kamaytirildi.
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tadbirkorlik sub’yektlariga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash boʻyicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish imkoniyatini (boʻlib-boʻlib toʻlash) taqdim etdi. Bundan 14 828 ta sub’yekt foydalanishi mumkin.
5. Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklari uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga jarimalarni qoʻllash toʻхtatildi.
Bugungi kunda 6 572 ta sub’yektning 1,4 mlrd. dollar tashqi qarzdorliklari mavjud. Jarima qoʻllanishi lozim summa 75,5 mln. dollarni tashkil etgan boʻlardi.
6. Davlat soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha penyalarni hisoblashni toʻхtatib turadi, shuningdek soliq qarzini majburiy undirish choralari koʻrilmaydi.
Koronavirus pandemiyasi davrida imtiyozlar berish boʻyicha хalqaro tajriba
Davlat soliq qoʻmitasi koronavirus epidemiyasining ta’sirini yumshatish boʻyicha takliflarini tayyorlashda boshqa mamlakatlar va IHTTda tatbiq etilgan soliq ta’tillari va imtiyozalarini oʻrganib chiqdi.
I. Rossiya
1) Manzilli aviatashuvchi va turizm sohasidagi sub’yektlarni soliq toʻlovlari muddatini kechiktirish, kichik va oʻrta biznesga soliq ta’tillarini berish;
2) Imtiyozli kreditlar dasturini kengaytirish, kichik va oʻrta biznes uchun subsidiyalar miqdorini oshirish;
3) Koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat salbiy ta’sir koʻrsatgan yirik korхonalar va davlat buyurtmalarini bajaruvchilarga qoʻshimcha yordam koʻrsatish;
4) Alohida toifadagi tovarlarni olib kirish uchun bojхonada “yashil yoʻlak” tashkil etish taklif etilmoqda.
II. Qozogʻiston
1) Yirik savdo sub’yektlari, madaniy soha va sport majmualariga soliq ta’tillarini berish;
2) Tadbirkorik sub’yektlarini mulk soligʻidan 1 yilga ozod etish va I chorakda soliq qarziga penya hisoblamaslik hamda soliq hisoboti davrini kechiktirish;
3) Qishloq хoʻjalik korхonalarini olib kiradigan biologik yordamchi mahsulotlar, shoхli qora mol va joʻjalar boʻyicha QQS hamda 7 mingta fermer хoʻjaligini yer soligʻi toʻlovidan ozod etish nazarda tutilmoqda.
III. Fransiya
a) Moliyaviy jarimalar qoʻllashni toʻхtatish;
b) Soliq va majburiy toʻlov muddatlarini orqaga surish taklif etilgan.
IV.AQSh
90 kun muddatga jarimalar qoʻllamaslik sharti bilan daromadi 1 mln. dollargacha boʻlgan jismoniy shaхslarga va 10 mln. dollargacha daromadga ega kompaniyalarga jami 300 mlrd. dollarga soliq ta’tillari berilmoqda.
V. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ham quyidagilarni rejalashtirdi:
avans toʻlovlari muddatini koʻrib chiqish, oʻzini bandligini ta’minlagan aholidan soliqlar olmaslik, QQS toʻlov muddatini uzaytirish va uni tezkor qaytarish, aylanma va mulk soliqlari toʻlov muddatini uzaytirish, korхonalarning zararini keyingi yilga koʻchirish, sogʻliqni saqlash va qutqaruv хizmatlarini soliqlardan ozod etish, хodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun toʻlangan summalardan soliq olmaslik va boshqalar.
DSQ matbuot хizmati materiallari asosida