9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Karantin qachon tugaydi? Benzin uchun aksiz soligʻi stavkasi qanday? Stikerni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsiy avtoda kelish mumkinmi? Ota-onalar bolalar karantin tufayli uyda boʻlgan vaqt uchun xususiy maktabga haq toʻlashi kerakmi? Bu va boshqa savollar boʻyicha davlat organlarining tushuntirishlari - buxgalter.uz toʻplamida.
Nurmat OTABEKOV, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari:
- Respublikada karantin qachon tugaydi?
- Karantinni bekor qilish toʻgʻrisidagi masala eng oxirgi aniqlangan bemor shifoxonaga yotqizilgandan (izolyatsiya) keyin 14 kun oʻtgandan soʻng koʻrib chiqiladi.
Sevara ZOKIROVA, Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi:
- Men maxsus ruxsatnomani olish uchun onlayn shaklni my.gov.uz portalida toʻldirdim va ijobiy javob oldim. Endi u yerga borib stikerni olishim kerak. Buni oʻz mashinamda bajarsam boʻladimi?
- Ha. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchining oʻz avtomobilida Davlat xizmatlariga markaziga qonuniy ravishda borishi uchun asos boʻladi.
- Ruxsatnoma (stiker) olish uchun arizani faqat onlayn berish mumkin. Biroq portalga kirishning iloji boʻlmayapti, u yuklanmayapti. Nima qilish kerak?
- Hurmatli fuqarolar, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - bu tizim. Bir vaqtning oʻzida minglab odamlar undan foydalanishga uringanda, tizimga yuklama boʻlishi tabiiy. Masalan, hozirgacha 90 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. Bularni koʻrib chiqib, qayta ishlashga ham vaqt talab etiladi.
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari kunu tun ishlashmoqda. Siz yuborgan ariza boʻyicha ruxsatnoma berilishi haqidagi xabarnoma shakllangandan keyingina Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz.
- Men dorixona menejeriman. Aytishlariga qaraganda, davlat tashkiloti xodimlari maxsus stiker olishlari shart emas ekan. Bizga berilgan ichki ruxsatnoma amal kilish kuchiga ega ekan. Shu toʻgʻrimi?
- Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirishning vaqtinchalik tartibiga 1-ilovaning 1-bandiga muvofiq tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydi.
Xodimlar ushbu roʻyxatda koʻrsatilgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi.
Feruza MADRAHIMOVA, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari.
- Mening oʻgʻlim xususiy maktabda oʻqiydi. Ushbu ta’lim muassasasi rahbariyati hali bizga mart oyi uchun qayta hisob-kitob qilmadi, biroq qoʻshimcha tarzda aprel oyi uchun oylik qiymatining 50%i miqdorida haq toʻlashni soʻramoqda. Bu toʻgʻrimi?
- Nodavlat ta’lim muassasalarida oʻqitish uchun toʻlov miqdori va uni toʻlash davriyligi ta’lim tashkiloti va ota-ona oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
Agar ota-ona oldindan mart oyi uchun haq toʻlashgan boʻlishsa va shu oyning ikkinchi yarmida mashgʻulotlar oʻtkazilmagan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilinib, ortiqcha summa qaytarilishi kerak.
Taraflar oʻrtasida nizo kelib chiqqan taqdirda, ular sudga murojaat qilishlari mumkin.
«Koronavirus Info» materiallari asosida