9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Maxsus komissiya ruxsatnoma – avtomobil uchun stiker olib, karantin davrida xizmat maqsadlarida harakatlanishi mumkin boʻlgan transport va shaxslar roʻyxatini qayta koʻrib chiqdi va kengaytirdi. Bunday korxonalar rahbarlari interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlgan bosh buxgalterlariga yordam soʻrab murojaat qilsalar kerak. Vuxgalter.uz esa oʻz navbatida, ular uchun uydan chiqmay turib ruxsat beruvchi stikerni rasmiylashtirish yoʻriqnomasini tayyorladi.
Kimlar stiker olishi mumkin
- Oziq-ovqat mahsulotlari (shu jumladan, tamaki va alkogol) hamda tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar, shuningdek ularning xodimlari. Bunda har bir dorixonaga faqat bitta avtomobildan foydalanishga ruxsat beriladi;
- umumiy ovqatlanish korxonalari – yetkazib berish xizmati avtomobillari va xodimlarning shaxsiy transporti uchun;
- Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, shuningdek Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va YaTT – M1 toifasidagi transport uchun (8 tagacha yoʻlovchi oʻrindigʻi boʻlgan);
- ishlab chiqarish va texnologik jarayoni toʻxtatilishi mumkin boʻlmagan korxonalar xodimlari, shuningdek gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchilar va dehqon bozorlarining xodimlari. Vazirlik va idoralarning Adliya vazirligiga kiritadigan murojaatiga asosan ushbu toifa uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi.
Premium toifadagi avtomobil uchun stiker rasmiylashtirishga urinsangiz, uni berishni rad etishlari mumkin.
Rahbarning oʻzi shaxsiy avtomobilida yetkazib berish bilan shugʻullanadigan boʻlsa, karantin davrida direktor zimmasiga shunday vazifa yuklatilishi haqidagi hujjatni, avtomobil rusumi va davlat raqamini koʻrsatgan holda soʻrovnomaga ilova qiling.
Avtotransportdan foydalanish uchun koʻrsatilgan tashkilotlarning xodimlarida kelgusida quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:
- mehnat daftarchasining nusxasi;
- ish joyidan berilgan tasdiqlovchi hujjat.
Qanday rasmiylashtiriladi
1-qadam. Quyidagi hujjatlarni skanerlang yoki suratga oling:
- xodimning pasporti;
- transport vositasining texnik pasporti;
- shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va YaTTga tegishli avtotransport vositalari uchun – tuman hokimligidan xat;
- tadbirkorlik sub’yekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
- litsenziyalanadigan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya;
- mehnat daftarchasi va xodimni lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq.
2-qadam. my.gov.uz portaliga mana bu havola orqali kirib, «Xizmatdan foydalanish» tugmachasini bosing.
Axborot bilan tanishib chiqib, «Foydalanish turi» - jismoniy shaxs (YaTT) yoki yuridik shaxs (tashkilot)ni tanlang.
«Keyingisi» tugmachasini bosing.
«STIR» katakchasiga tashkilotning STIRini kiriting, «Toʻldirish» tugmachasini bosing. Keyingi katakchalar – tashkilotning nomi, STIR, aloqa bogʻlash uchun telefon raqamlari avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Quyidagi ma’lumotlarni kiriting:
- elektron pochta;
- faoliyat turi;
- ruxsatnoma shakllantiriladigan mintaqa;
- ruxsatnoma shakllantiriladigan shahar (tuman).
«Keyingisi» tugmachasini bosing.
3-qadam. «Avtotransportlar haqidagi axborot»ni toʻldiring. «Qoʻshish» tugmachasini bosganda «Avtotransportni qoʻshish» sahifasi ochiladi. Uni toʻldirish uchun haydovchilik guvohnomasi va avtomobilning texnik pasporti kerak boʻladi.
Quyidagilarni koʻrsating:
- avtotransportning rusumi;
- davlat roʻyxat raqami;
- texnik pasportning seriyasi va raqami.
Harakatlanadigan viloyat – faqat bittasini tanlash lozim:
- viloyatlararo;
- viloyat ichida;
- shahar ichida.
«Saqlash» tugmachasini bosing.
«Faylni tanlash» tugmachasi yordamida talab etiladigan barcha hujjatlarni biriktirib qoʻying:
- ruxsatnoma olishga asos boʻluvchi hujjat (tadbirkorlik sub’yekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma, faoliyat boʻyicha litsenziya, mehnat daftarchasi, faoliyatga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq) nusxasi;
- shifoxona va boshqa ob’yektlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va YaTTning avtotransporti uchun tuman hokimligidan xat.
«Joʻnatish» tugmachasini bosing.
Oʻzingiz saqlab qoʻygan giperhavola orqali tizimga vaqti-vaqti bilan kirib (parol kerak boʻladi), arizangiz maqomini kuzatib boring. Omad yor boʻlsin!
Koronavirus Info ogohlantiradi:
«Elektron soʻrovnoma toʻldirilgach, u murojaatchining faoliyati belgilangan tartibga nomuvofiqligini avtomatik tarzda aniqlash funksiyasi yordamida tekshiriladi. Ushbu dalil aniqlanganda, rad javobi beriladi. Tizim ushbu funksiya yordamida 2 soat ichida 50 mingga yaqin elektron soʻrovnoma rad etilgani haqidagi xabarnomani generatsiya qildi. Arizangiz rad etilgani yoki koʻrib chiqilayotgani haqidagi ma’lumotni faqat my.gov.uz portalidan topish mumkin. Davlat xizmatlari markazida bunday ma’lumot berilmaydi».
Tatyana LIMAREVA.
Ma’lumot uchun:
Maxsus ruxsatnoma (stiker) olish uchun Toshkent, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Davlat xizmatlari markazlarining telefon raqamlari:
Toshkent shahri:
- Bektemir tumani (71) 231-84-56
- Mirzo Ulugʻbek tumani (71) 262-04-70
- Mirobod tumani (71) 233-13-47
- Olmazor tumani (71) 231-71-36
- Sergeli tumani (71) 230-08-84
- Uchtepa tumani (71) 217-47-82
- Chilonzor tumani (71) 203-60-16
- Shayxontohur tumani (71) 231-12-75
- Yunusobod tumani (71) 235-41-42
- Yakkasaroy tumani (71) 231-88-12
- Yashnobod tumani (71) 231-19-34
Toshkent viloyati
- Nurafshon shahri (70) 762-63-47
Andijon viloyati
- Andijon shahri (74) 223-03-03, (74) 223-00-30
Buxoro viloyati
- Buxoro shahri (65) 223-21-45
Navoiy viloyati
- Navoiy shahri (79) 210-11-48
Namangan viloyati
- Namangan shahri (69) 227-00-32, (69) 227-00-31
Jizzax viloyati
- Jizzax shahri (72) 226-33-23, (72) 226-33-22
Sirdaryo viloyati
- Guliston shahri (67) 225 83 41, (67) 225 28 22
Samarqand viloyati
- Samarqand shahri (66) 237-70-39
Fargʻona viloyati
- Fargʻona shahri (73) 241-85-49
Xorazm viloyati
- Urganch shahri (62) 224-75-62, (62) 224-73-47
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Nukus shahri (61) 222-70-35, (61) 222-70-96
Qashqadaryo viloyati
- Qarshi shahri (91) 4730030, (91) 6357201
Surxondaryo viloyati
- Termiz shahri (76) 225-19-08