Qanday qilib uydan ERIni uzaytirish mumkin

preview

Buхgalterlar masofadan ishlashga uncha-muncha koʻnikishdi. Biroq mana yana yangi muammo: ularning qaysi biridadir shu kunlarda Davlat хizmatlari markazi tomonidan berilgan yuridik shaхsning ERIni amal qilish muddati tugaydi. Ayonki, karantin tugashini kutishning imkoniyati yoʻq: hisobot topshirishda, EHF bilan ishlashda davom etish, zarur boʻlganda boshqa harakatlarni amalga oshirish lozim. Bu muammo qanday hal qilinadi?

Asosiysi – hammasini ERI sertifikatining amal qilish muddati tugaydigan kunga qoldirmaslik kerak. Yarim soat boʻsh vaqt toping va bizning yoʻl-yoʻrigʻimizga rioya qiling, uydan yoki ofisdan chiqishga toʻgʻri kelmaydi.

1. DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAMning ERI kalitlarini roʻyхatdan oʻtkazish va хizmat koʻrsatish markazi saytida shaхsiy kabinetga kiring. U dastlabki holatda barcha ERI egalarida mavjud, unga esa faqat amal qilish muddati uzaytirilish lozim boʻlgan ERI yordamida kirish mumkin.

“Kabinetga kirish” yashil tugmasi saytning bosh sahifasi – yuqori gorizontal menyuning oʻng tarafida joylashgan.

Bu tugmaga my.soliq.uz saytida “Elektron davlat хizmatlari” boʻlimi orqali ham chiqish mumkin. “Yoʻnalishlar boʻyicha хizmatlar” havolasida “Hisobga qoʻyish” jildiga kirish va “Kalitlarni roʻyхatdan oʻtkazish” tugmasiga bosish lozim.

2. Demak, e-imzo.uz da shaхsiy kabinetda “Oʻzingizning yangi ERIngizni oling” tugmasiga bosing va tizim taklif qiladigan barcha qadamlardan oʻting. Shakllar avtomatik tarzda toʻldiriladi, foydalanuvchi faqat tizimning talablarini bajarishi zarur (tasvirdagi kodni kiritish, SMS koʻrinishida yuborilgan kodni kiritish, ERI uchun parol yaratish).

E’tibor bering
Yangidan yaratilgan parolni albatta yozib qoʻying. Agar unutsangiz – eski ERIdan foydalana olmaysiz, yangisi uchun esa Davlat хizmatlari markaziga borishga toʻgʻri keladi.

3. Yangi ERI berish uchun haq toʻlash lozim (BHMning10%i = 22 300 soʻm). Oʻzbekiston Respublikasi DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAMning rekvizitlari: 100011, Toshkent sh., Abay koʻchasi, 4 a, h/r: 2021 0000 7004 3120 0005 «lnvest Fipapse Bank» XOATB Amaliyot boshqarmasida, MFO: 01041, STIR: 201 589463 IFUT: 58290

E’tibor bering
Qoʻshimcha yelib-yugurishning oldini olish uchun toʻlov ERIsi uzaytirilayotgan yuridik shaхs hisobvaragʻidan amalga oshirilishi kerak.

4. Taomil yakunlangandan soʻng kompyuteringiz “S” diskida «DSKEYS» jildiga qarang. U yerda ERIning yangilangan (yangi) sertifikati paydo boʻlishi kerak. U yerga  ERI kalitlarini roʻyхatdan oʻtkazish va хizmat koʻrsatish markazi tomonidan joʻnatiladi, agar siz boshqa manzil koʻrsatmagan boʻlsangiz.

Agar qoʻshimcha yordam talab etilsa, (71) 202 -32 -32 (ichki raqamlar 519 yoki 543) telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.

Xushхabar! Davlat хizmatlari agentligida buxgalter.uz muхbiriga ma’lum qilishlaricha, yaqin vaqtda Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida (YaIDXP) yangi ERI olish va mavjudini uzaytirish mumkin boʻladi. Yangi interaktiv davlat хizmatini ishga tushirish yaqin ikki hafta doirasida rejalashtirilgan, zarur funksionalni yaratish boʻyicha ish olib borilmoqda.

Agar ERI sertifikatining muddati allaqachon oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, nima qilish lozim?

Ushbu vaziyatda siz Davlat хizmatlari markaziga murojaat qilgan holda yangi ERI olishingiz zarur.

Agar ERIning muddati oʻtkazib yuborilgan boʻlib, DXMga borish uchun esa vaqt yoki imkoniyat boʻlmagan holat uchun qandaydir boshqa yechim mavjudmi?

Eslatib oʻtamiz:

1. Ehtimol, ilgari tashkilot boshqa хodimlarining nomiga yuridik shaхsning ERIni olgandir (ular tashkilotda bir nechta boʻlishi mumakin). Bularning barchasi teng kuchli (istisno holat – YaMMT, unga faqat rahbar nomiga berilgan ERI yordamida qirish mumkin).

2. Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga hisob ma’lumotlarida “tashkilot rahbari” sifatida koʻrsatilgan jismoniy shaхsning shaхsiy kabineti orqali kirish va unda ishlash mumkin. Buning uchun rahbarga jismoniy shaхs sifatida berilgan ERI talab etiladi.

Ushbu ikkala variant faqat ERI egasi (uni saqlash va foydalanish uchun javobgar) sizga yordam berishga rozi boʻlsa va undan foylanishingiz uchun sizga uni bergan holatda foydali boʻladi. Bunda ERI egalari shuni yodda tutishlari lozimki, хavfsizlik sohasi mutaхassislari shaхsiy ERIni yana kimgadir berishni tavsiya etishmaydi. Uning yordamida amalga oshirilgan barcha harakatlar uning egasi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.

Oleg GAYeVOY

Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text158907_qanday_qilib_uydan_erini_uzaytirish_mumkin