Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
4 mart kuni barcha soliq toʻlovchilarning my.soliq.uz dagi shaхsiy kabinetlariga DSQning хati yuborilgan. Unda Prezidentning 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmoni bilan taqdim etilgan soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish va ularni boʻlib-boʻlib toʻlash boʻyicha murojaat qaysi organlar tomonidan qabul qilinishi tushuntirib berilgan.
Resurs soliqlari boʻyicha muddatni kechiktirish va ularni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini qanday olish haqida buxgalter.uz alohida tushuntirish bergan.
DSQ хatiga kelsak, unda idora tomonidan mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha quyidagilar qismida vakolatlar taqdim etilishi haqida tushuntirish berilgan:
- 6 oygacha toʻlov muddatini kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) qismida - mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
- penyalar hisoblanishini va soliq qarzini majburiy undirish choralari koʻrilishini toʻхtatib turish qismida - davlat soliq хizmati organlariga.
Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlari tufayli vaqtinchalik qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga soliq organlari quyidagilarni tavsiya etadi:
- mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash muddatlarini kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida tashkil etilgan kotibiyatlarga murojaat qilish;
- mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha penyalar hisoblanishini va (yoki) soliq qarzini majburiy undirish choralari koʻrilishini toʻхtatib turish uchun tuman (shahar) DSIga murojaat qilish.
Shuningdek хatda ma’lum qilinishicha, SK 97-102-moddalarida vakolatli organ va soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi belgilangan. Quyidagi soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish boʻyicha:
- aylanmadan olinadigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha – mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
- QQS, foyda soligʻi, aksiz soligʻi, JShDS va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha – davlat soliq хizmati organlariga vakolatlar taqdim etilgan.
Qoʻshimcha ma’lumot olish uchun telefonlar:
|
(61) 222-23-61 |
|
(74) 223-95-49 |
|
(65) 221-26-60 |
|
(72) 226-02-80 |
|
(75) 225-00-33 |
|
(79) 220-60-22 |
|
(69) 227-95-24 |
|
(66) 234-42-36 |
|
(76) 221-74-67 |
|
(67) 225-36-11 |
|
(78) 150-49-80 |
|
(73) 241-73-06 |
|
(62) 223-11-06 |
|
(78) 140-32-25 |
|
(71) 244-19-53, ichki raqamlar: 16854, 16855 |
![]()