9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Qanday qilib uyda turib soliqlarni toʻlash muddati kechiktirilishini rasmiylashtirish mumkin
Soliq toʻlovchilar iqtisodiyot sohasidagi joriy noxush vaziyat tufayli xarajatlarini maqbullashtirishga urinmoqdalar. Bunday imkoniyatlardan biri – soliqlarni toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi. DSQ boshqarmasi boshligʻi Nodir ERKAYeV uydan yoki ofisdan chiqmay turib undan qanday foydalanish mumkinligi haqida gapirib berdi:
Toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoni kimlarga berilgan
– Soliqlarni toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkonini berish qoidalari SK 97-102-moddalarida belgilangan.
Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda berilishi mumkin:
1) tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;
2) byudjetdan (davlat maqsadli jamgʻarmalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki soliq toʻlovchi tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash kechiktirilganligi;
3) soliqni bir yoʻla toʻlash oqibatida nochorlik (bankrotlik) alomatlari paydo boʻlishi xavfi yuzaga kelganligi;
4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yoʻla toʻlash imkoniyatini istisno etishi;
5) tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;
6) bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.
1, 3-6-bandlarda koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda, soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilarga berilishi mumkin:
- yuridik shaxsga – uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga;
- jismoniy shaxsga – uning mol-mulki qiymatidan oshmaydigan summaga, bundan Oʻzbekiston qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk mustasno.
Buning uchun nima qilish lozim
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali talab etilayotgan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza joʻnating. Vakolatli organning qarorini (roʻyxati bu yerda) ham soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali olasiz.
Qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning biznesga salbiy ta’sirini yumshatishga yoʻnaltirilgan Prezidentning PF-5969-son va PF-5978-son farmonlari bilan ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga soliqlarning ba’zi turlari boʻyicha soddalashtirilgan tartibda toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqidan foydalanish imkoni berilgan. Ular buni SK 101-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmasdan, ariza (xabarnoma) asosida amalga oshirishlari mumkin. Bu haqdagi axborotni jadval koʻrinishida e’tiboringizga havola etamiz:
|
Asos |
19.03.2020 yildagi PF-5969-son |
03.04.2020 yildagi PF-5978-son |
|
Qaysi tadbirkorlik sub’yektlari toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkonidan foydalanishlari mumkin |
|
Oʻz faoliyatini toʻxtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumi 2020 yilning I choragidagi oʻrtacha oylik miqdoriga nisbatan 50%dan koʻproqqa kamaygan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar |
|
Qanday soliqlar boʻyicha toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoni beriladi, olish shartlari |
Foizlarni undirmasdan 6 oyga toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoni beriladi. Tadbirkorlik sub’yekti uchala soliqning har birini toʻlash chogʻida yoki oʻz xohishiga koʻra tanlab, toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkonidan foydalanishi mumkin |
Toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoni 2020 yil 1 oktyabrga qadar taqdim etiladi. Tadbirkorlik sub’yekti har bitta soliqni toʻlash chogʻida yoki oʻz xohishiga koʻra tanlab, toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkonidan foydalanishi mumkin |
|
Uydan yoki ofisdan chiqmay turib qanday olish mumkin |
|
|
Tadbirkor toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqidan foydalangani haqida roʻyxatdan oʻtkazilgan (soliq toʻlaydigan) joydagi soliq organlarini xabardor qilishi kerak emas. Ular oʻz kanallari orqali bu haqda xabardor qilinadilar.
Eslatib oʻtamiz: toʻlashni kechiktirish faqat balansda aks ettiriladi.
Oleg GAYeVOY.