Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida noaniqliklar mavjud boʻlib, ular tezkor ravishda tuzatildi.
Hisob-kitobga quyidagi tuzatishlar kiritildi:
- 011-satrga “Tovarlarni (хizmatlarni) tekinga berishdan koʻrilgan zararlar” oʻtkazildi;
- Yangi 012-satr “Realizatsiya sifatida qaraladigan daromadlar” paydo boʻldi. U 1-ilova koʻrsatkichlaridan (0201-0206-satrlar) kelib chiqib toʻldiriladi.
Ushbu satrlarni toʻldirish va ilovaning 020-satrida olingan yakunni Hisob-kitobning 012-satrida faoliyat turlari boʻyicha taqsimlash lozim (agar sizda bir nechta faoliyat turi mavjud boʻlsa).
- “Faoliyat turlari boʻyicha daromadning tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan jami daromadlaridagi salmogʻi, foizda” 020-satrga oʻtkazildi va 010+011+012-satrlarni qoʻshish va butun daromadga boʻlish bilan aniqlanadi.
- Hisob-kitobning 030-satrida endi faqat “Realizatsiya sifatida qaralmaydigan daromadlar (Hisob-kitobga 1-ilovaning 030-satri)” aks ettiriladi.
- “Soliq solinadigan jami daromad” (040-satr) 010+ 011+ 012+030-satrlar summasiga teng.
![]()