Davlat biznesga qanday yordam berishi mumkin

preview

10 aprel kuni Moliya vazirligi tomonidan «Norma» kompaniyasi koʻmagida tashkil etilgan videokonferensiyada ushbu mavzuda suhbat oʻtkazildi. Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV tadbirkorlar bilan ishlab chiqarish va servis korxonalari faoliyatida karantin sababli yuzaga kelgan muammolar va ularni hal etish imkoniyatlarini muhokama qildi.

  • «Uychiparranda» parrandachilik fabrikasi rahbari (Namangan viloyati) Odil Raxmatov parrandachilikni rivojlantirishga nimalar xalal berayotgani haqida gapirib oʻtdi. Muammolar orasida birjada don sotib olishga doir qiyinchiliklar, parranda goʻshti bozor narxining pastligi, kredit foizlarining yuqori ekanligi ham qayd etildi. U parranda goʻshti va tuxumi ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar, shuningdek past foizlar bilan kreditlar beriladigan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganib chiqish va qoʻllashni taklif qildi.
  • «Shox tibbiyot markazi» xususiy klinikasi direktori (Toshkent sh.) Shoayub Abdullayev lizing toʻlovlari boʻyicha asosiy qarz va ular boʻyicha foizlarni soʻndirish muddatlarini 2020 yil apreldan 2020 yil 1 oktyabrgacha uzaytirishni taklif qildi. Banklar tomonidan bunday choralar koʻrilmoqda, lizing beruvchilar ham ulardan oʻrnak olishi lozim.

 Yana bir muammo: shifokorlar shaxsiy avtomobillaridan foydalanishi taqiqlanganligi xususiy klinikalar tomonidan tibbiy xizmatlar koʻrsatilishini cheklab qoʻydi. Xizmat transportida bu vazifani uddalash mushkul boʻlyapti, bu oʻrinda ularga davlat tibbiyot muassasalarida ishlaydigan shifokorlar uchun nazarda tutilgan tartibdagidek, ruxsatnoma stikerlari berilishi zarurligi dolzarb boʻlib qolmoqda. 

  • «Donmahsulotplast» MChJ bosh direktori Baxtiyor Ilhomov korxona makaron hamda polipropil qoplar (un, guruch, makaron va boshqa mahsulotlar uchun)  ishlab chiqaradi. Hozir korxona yarim quvvatda ishlayapti. Sababi – jamoat transportining vaqtinchalik toʻxtatilganligi tufayli xodimlar ishga kelolmayapti.

Ishlab chiqarish hajmining tushib ketishi mahsulot tannarxining oshib ketishiga olib kelmoqda, chunki doimiy xarajatlar kamaymayapti. Masalan, uskunalarning ishlab chiqarish quvvatidan toʻliq foydalanilganda qancha elektr energiyasi sarflansa, ulardan 50% foydalanilganda ham qariyb shuncha sarflanmoqda. Shu bois ishlab chiqarish korxonalari uchun elektr energiyasi tariflarini 25-30%ga pasaytirish yoki maqsadli subsidiyalash imkoniyatlarini koʻrib chiqish lozim.

 Foydalanishda boʻlgan uskunalar uchun ehtiyot qismlarini olish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelmoqda. Bozorlar va doʻkonlar yopiq, ushbu tovarlar onlayn-savdosida zarur assortiment topilmayapti. Mahsulotlar tashiladigan avtotransportda ham nosozliklar boʻlmoqda, uni ta’mirlash punktlarining barchasi yopiq. Baxtiyor Ilhomov yuk tashish mashinalarini ta’mirlash ustaxonalari hamda ishlab chiqarish uskunalari uchun ehtiyot qismlar sotiladigan doʻkonlarning ishlashiga ruxsat berish taklifini kiritdi. 

  • «Sogdakurilish» MChJ (Samarqand viloyati) va uning kontragentlari ehtiyot qismlarni sotib olishda xuddi shunday qiyinchiliklarga duch keldilar. Korxona rahbari Otabek Ergashev ishlab chiqarishga moʻljallangan ehtiyot qismlar internet-savdosini tashkil etish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. U karantin choralari qoʻllanilgan davrda lizing toʻlovlarini toʻxtatib turishni taklif qildi.
  • «Wondernet Express Tashkent» MChJ XK bosh buxgalteri Nargiza Boltaxoʻjayeva kompaniyalarga aylanma mablagʻlarni toʻldirish va ish haqi toʻlash uchun kreditlar zarurligini aytib oʻtdi. Kredit stavkalarini subsidiyalash yoki ularni pasaytirish xodimlarni saqlab qolishga, xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi hamda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni yengib oʻtishga yordam beradi. JShDS va ijtimoiy soliqni toʻlash muddatlari kechiktirilishi ham bunga imkoniyat yaratishi mumkin.
  • «Eurasian Construction Machinery» MChJ XK bosh buxgalteri Anjela Kim savdo hajmi tushib ketgan yoki oʻz faoliyatini toʻxtatib turgan korxonalar tomonidan xodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam summasini «ish haqidan olinadigan» soliqlardan ozod etishni taklif qildi.

U bojxonadan oʻtkazishga oid quyidagi muammoni ham koʻrsatib oʻtdi: «6 ta vagonim toʻxtab turibdi. Yana bir nechtasi yoʻlda. Aylanma mablagʻlar yoʻqligi sababli darhol bojxonadan oʻtkazishning iloji boʻlmaydi. Biroq QQSni faqat u toʻliq toʻlangandan keyin hisobga olish mumkin». Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatini kechiktirish va vagonlar turib qolganligi uchun jarimalar undirilishini toʻxtatib turish ushbu muammoning yechimi boʻlishi mumkin.

  • Tadbirkor Aziz Toshev taqdim etilgan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish imkoniyatini koʻrib chiqishni taklif etdi. «Zafar Osiyo saxovat» fermer xoʻjaligi 3 ga maydonda zamonaviy issiqxonani qurish uchun 7 yil muddatga 1 188 ming AQSh dollari miqdorida valyuta kreditini olgan. XTTB liniyasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish agentligi orqali kredit olingan. Toʻlov muddatini kechiktirish taqdim etilishi vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan fermer xoʻjaligining moliyaviy holatini mustahkamlashga koʻmak boʻlishi mumkin. 

Shuningdek tadbirkor mehmonxona biznesining holati haqida aytib oʻtdi. Faoliyat toʻxtatib turilganiga va tushumlar yoʻqligiga qaramay, «Golden Valley» otelining (Toshkent) lizing boʻyicha 1,7 mlrd soʻm miqdorida qarzi mavjud. Kompaniyani asosiy qarzni va ular boʻyicha har oylik foiz toʻlovlarini soʻndirish muddatlari kechiktirilishi qutqarib qolishi mumkin.

  • Oʻzbekiston lizing beruvchilar uyushmasining bosh direktori hamda «Oʻzbeklizing Interneshnl» AJ rahbari  Zafar Mustafoyev lizing oluvchilarning toʻlov muddatlarini kechiktirish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Lizing oluvchilarning ogʻir moliyaviy ahvoli lizing toʻlovlarining toʻxtatilishiga, lizing ob’yektlari qaytarilishiga va garovga qoʻyilgan mol-mulkning olib qoʻyilishiga sabab boʻlishi mumkin. Kreditlar berilgan banklar tomonidan penya undirilmaydigan boʻlsa, lizing kompaniyalari ham muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlar boʻyicha penya undirishdan voz kechishga tayyor.

Koronavirus pandemiyasining lizing faoliyati va tadbirkorlikka salbiy iqtisodiy ta’sirini kamaytirish maqsadida Zafar Mustafoyevning fikricha, quyidagilarni tavsiya etish maqsadga muvofiq boʻladi:

1. Lizing kompaniyalari aksiyadorlari va muassislariga 2019 yil yakunlari boʻyicha dividendlar toʻlovini bekor qilishni;

2. Tijorat banklariga 2020 yil 1 oktyabrga qadar lizing kompaniyalariga kredit shartnomasi muddati kechiktirilgan davrga mutanosib ravishda uzaytirilgan holda kreditlar va ular boʻyicha foiz toʻlash muddatlarini kechiktirishni taqdim qilishni.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text159143_davlat_biznesga_qanday_erdam_berishi_mumkin