Masofadan xizmatlar va agregatorlar

preview

Karantin davrida masofadan xizmatlar va ularga moʻljal olish imkonini beradigan agregatorlarga talab yuqori. Ushbu mavzudagi barcha soʻnggi yangiliklarni buxgalter.uz qulay jadvalga yigʻdi. 

Internet-resurs

va havola

Imkoniyatlari

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)

 

https://my.gov.uz/uz/

 

  • tovarlarni elektron deklaratsiyalash;
  • jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi xizmatlari;
  • Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga tashqi savdo kontraktlari boʻyicha ma’lumotlarni taqdim etish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududiga temir yoʻl transrorti orqali olib kirilayotgan yuklar toʻgʻrisida axborot olish;
  • qurilish-montaj ishlarining boshlanishi toʻgʻrisida xabardor qilish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududiga avtotransport vositalari orqali olib kirilayotgan yuklar toʻgʻrisida axborot olish;
  • bojxona toʻlovlari boʻyicha taqqoslash dalolatnomasi;
  • Oʻzbekiston Respublikasiga chet davlat ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnoma;
  • yuridik shaxslarning shaxsiy kartalari;
  • deklaratsiyalovchi shaxslarning roʻyxati;
  • avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma olish;
  • avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish uchun litsenziya;
  • ijro hujjati boʻyicha qarzdorlikni tekshirish;
  • qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish;
  • tibbiy buyumlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza yuborish;
  • affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziya olishga ariza yuborish;
  • avtotransport toʻgʻrisida axborot;
  • boshqa elektron davlat xizmatlari (jami 100 dan ortiq) 

2. “Uyda qoling” elektron servislar va xizmatlar agregatori

 

http://uydaqoling.uz/uz/

Xizmatlar toʻgʻrisida axborot:

  • banklar;
  • DSQ;
  • videokonferensaloqa;
  • aloqa operatorlari;
  • elektron hujjat aylanishi operatorlari;
  • kuryerlik va pochta xizmatlari;
  • malaka oshirish.

Bundan tashqari maydondan mijozlarning uydan chiqmasligiga yordam beradigan oʻz xizmatlarini rivojlantirish uchun foydalanish mumkin

3. Davlat xaridlarida elektron tenderlar va tanlovlar oʻtkazish boʻyicha raqamli platforma

Tender va tanlov savdolarini onlayn oʻtkazish uchun moʻljallangan.

Moliya vazirligi barcha byudjet va korporativ buyurtmachilarning tender va tanlov savdolarini bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazish grafigini ishlab chiqmoqda

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text159189_masofadan_hizmatlar_va_agregatorlar