9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Markaziy bank fuqarolarga pensiya va ish haqi toʻlovlarini toʻliq hajmda bank kartalariga amalga oshirish toʻgʻrisida xabar tarqatdi. Mazkur chora koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tavsiyasiga asosan koʻrilmoqda.
MBning ta’kidlashicha, fuqarolar bank kartalarini ochish uchun bankka tashrif buyurishlari zarur emas. Xodimlarga kartalarni ish beruvchi beradi, pensionerlarga – Xalq bankining xodimlari uyga keltirib berishadi.
Pensiyalarni toʻlash
Mahalliy hokimiyat organlari, banklar, Moliya vazirligi qoshidagi Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalari hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi oʻz hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda bu borada tashkiliy ishlarni boshlab yuborishgan. Unga koʻra:
- dastlabki bosqichda - joriy yilning may oyidan boshlab - Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida istiqomat qiluvchi aholining pensiya toʻlovlari bank kartalari orqali amalga oshiriladi;
- keyingi oylardan boshlab ushbu amaliyot qolgan aholi punktlariga tatbiq etiladi.
Pensiya toʻlash uchun plastik kartalarni ochish boʻyicha ish quyidagi tarzda tashkil etiladi:
1) Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan fuqarolar toʻgʻrisidagi kerakli ma’lumotlar Xalq banki boʻlinmalariga elektron shaklda yuboriladi;
2) Xalq banki mazkur axborot asosida har bir pensionerga karta ochadi;
3) Xalq bankining mas’ul xodimlari kartalarni barcha sanitar qoidalariga toʻliq rioya qilingan holda pensionerlarga yashash manzillari boʻyicha yetkazib beradi;
4) pensioner faqatgina tegishli arizani yozishi va kartani qabul qilib olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyishi zarur.
Markaziy bank plastik kartalardan toʻliq foydalanish uchun mamlakatimizning barcha hududlarida tegishli infratuzilma (terminallar, bankomatlar) mavjudligini qayd etdi. Pensionerlarga naqd pullar bilan muomala qilishda infeksiyalarni oldini olish uchun plastik karta yordamida hisob-kitob qilish tavsiya qilinadi.
Ish haqini toʻlash
Barcha turdagi korxona va tashkilotlar, shu jumladan, byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqlari ham toʻliq bank kartalari orqali amalga oshiriladi. Korxona va tashkilotlar rahbarlari bank xodimlari bilan birgalikda barcha xodimlar uchun bank kartalarini olish yuzasidan choralar koʻrishi kerak.
Buning uchun:
1) korxona va tashkilotlar rahbarlari xizmat koʻrsatuvchi bankka tegishli ariza va xodimlarning pasport nusxalarini elektron shaklda taqdim etishlari lozim boʻladi;
2) bank xodimlari tayyor kartalarni korxonaga barcha sanitar qoidalariga toʻliq rioya qilingan holda yetkazib beradi;
3) xodimlar oʻz kartalarini banklarga tashrif buyurmagan holda, bevosita oʻzlari ishlaydigan joydan olishlari lozim boʻladi.
![]()