Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Bu haqda Soliq qoʻmitasining matbuot хizmati хabar berdi. QQSni qaytarish toʻgʻrisidagi murojaatni DSQga soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidan yuborish lozim. Uni koʻrib chiqish muddati 3 kungacha qisqartirildi. Shuningdek, jarayonni tezlashtirish uchun mazkur masala boʻyicha ishchi guruhi tarkibi ham kengaytirildi.
Eslatib oʻtamiz, soliq toʻlovchining soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini oʻz vaqtida hisobga oʻtkazish yoki qaytarish huquqi SKning 21-moddasi bilan tartibga solinadi.
Umuman, 15 martdan boshlab eksportchilarning 80%dan ortiq murojaatlari qanoatlantirildi. Qaytarilgan soliqlarning umumiy miqdori 119 ta soliq toʻlovchi uchun 263,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Soliq hisobotida nomuvofiqliklar aniqlangan murojaat egalariga хatoliklarni tuzatish boʻyicha tushuntirishlar berildi. Mazkur soliq toʻlovchilar QQSni qaytarish uchun qayta ariza yuborish huquqiga ega.
Soliq.uz materiallari asosida