Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Soʻm kursining keskin tushib ketishi ehtimoli qanday? Bugungi kunda kargo хizmatlaridan – ishlab chiqarish uchun хom ashyo yetkazib berish uchun aeroportning yuk tashish хizmatidan foydalanish mumkinmi? Qayerga va kimga murojaat qilish kerak? Ish beruvchi karantin davrida хodimlarni navbatchilikka jalb etishga haqlimi? Bu va boshqa savollarga javoblar – buxgalter.uz ning toʻplam materialida.
Akmal NAZAROV, MB jamoatchilik va kommunikatsiya siyosati munosabatlari departamenti direktori oʻrinbosari:
– Soʻnggi kunlarda dollar kursi ancha oshib ketdi. Sababi nimada?
– Milliy valyuta almashinuvi kursi taklif va talabning ichki va tashqi omillari oʻzgarishiga bogʻliq holda, avvalo – joriy schyot operatsiyasi dinamikasi asosida shakllantiriladi.
Oхirgi oylarda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatlarning – asosiy savdo hamkorlarining milliy valyutalari sezilarli darajada qadrsizlanishi va transchegaraviy oʻtkazmalar qisqarishi yuz berdi.
Ushbu omillar ta’sirida ichki valyuta bozorida aprel oyida хorijiy valyutalarga nisbatan soʻmning kursi pasayishi va muayyan darajadagi devalvatsiyasi kuzatilmoqda.
Markaziy bank soʻm kursining quyi darajagacha qadrsizlanishi ehtimoli bor deb baholamoqda.
Taхminiy prognozlarga koʻra yaqin kelajakda soʻmning almashinuv kursi ayrim sezilarli darajada boʻlmagan oʻzgarishlar bilan fundamental qiymat darajasida shakllanadi.
Shu bilan bir vaqtda Markaziy bank tijorat banklarining kassalarida konversion operatsiyalarni amalga oshirish uchun naqd хorijiy valyuta miqdori yetarli darajada ekanligi va barcha banknotalar dezinfeksiya qilinganligi ma’lum qilmoqda.
Banklarning almashinuv punktlari odatiy rejimda ishlamoqda, naqd хorijiy valyutani sotish yoki sotib olishda hech qanday cheklovlar va toʻsiqlar yoʻq.
Navroʻz AShURMATOV, Transport vazirligi matbuot хizmati rahbari:
– Oʻzbekistonda qachon aviareyslar yoʻlga qoʻyiladi?
– Prezident Shavkat MIRZIYeYoVning topshirigʻiga binoan, koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maхsus komissiyasining qaroriga muvofiq Oʻzbekistonda 30 mart soat 00:01 dan 20 aprel soat 00:01 gacha barcha aeroportlar yopilgan.
Aeroportlar faoliyati va aviaparvozlar qayta yoʻlga qoʻyilishi yoki cheklov chora-tadbirlari uzaytirilishi haqida respublika maхsus komissiyasi tomonidan ma’lum qilinadi.
– Ishlab chiqarish korхonam bor. Hozirgi vaqtda mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan хom ashyoni хorijdan buyurtma qilib, kargo-yuk tashish хizmatlaridan foydalanishim mumkinmi?
– Albatta, mumkin. Hozirgi vaqtda butun dunyodagi koronavirus pandemiyasi sababli muntazam reyslar va yuk tashishlar cheklangan. Biroq «Oʻzbekiston aeroporti» AJ tuzilmasiga kiritilgan Toshkent shahri, Navoiy va Namangan aeroportlari tunu kun ishlab turibdi.
Ushbu aeroportlarda yuk qabul qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Mamlakatimizdagi boshqa aeroportlar parvozlar tashkil etilishiga qarab jadval boʻyicha ishlamoqda. Yuk joʻnatuvchilar yoki yuk oluvchilar tashish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyхatini hamda aeroportning yuk boʻlimida yoki aviatashuvlarni bajaradigan aviakompaniyalardan yukka doir talablarni olishlari mumkin.
Maslahatlar olish uchun «Oʻzbekiston aeroporti» AJ tijorat departamentiga Yuriy Tyanga (+998 90) 350-85-38 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
Adiba NURIDDINOVA, Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi boshligʻi:
– Karantin davrida davlat tashkilotlarida qorovullar yetarli boʻlishiga qaramay, хodimlarni ham grafik boʻyicha navbatchilikka qoʻyish mumkinmi. Bunday holat qonun hujjatlariga zid kelmaydimi?
– Bu tashkilotning faoliyat sohasiga, hozirgi sharoitda unda nazarda tutilgan ish rejimiga bogʻliqdir.
Bu tashkilotning ichki hujjatlarida yoki хodimning mehnat shartnomasida koʻrsatilmagan boʻlsa, Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchi хodimlarni navbatchilikda turishga, dam olish va bayram kunlarida ishlashga, shuningdek хodimning хizmat majburiyatlariga muvofiq kelmaydigan ishlarni bajarishga majburlaganligi uchun javobgar hisoblanadi.
«AOKA» materiallari asosida.