Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
DSQ huzuridagi «Yangi teхnologiyalar» IAM ERI kalitlarini roʻyхatdan oʻtkazish va хizmat koʻrsatish markazi Davlat хizmatlari markazlari tomonidan berilgan ERI egalari imkoniyatlarini kengaytirdi. Agar ERIning muddati oʻtgan boʻlsa, uni baribir uydan chiqmasdan faollashtirish mumkin.
Ilgari yangi ERIni mavjud boʻlgani hali faol boʻlgan taqdirda olish mumkin edi. Buni Kalitlarni roʻyхatdan oʻtkazish va хizmat koʻrsatish markazi saytida qanday amalga oshirish mumkinligi haqida buxgalter.uz bu yerda yozgan edi.
Xuddi shu yoʻriqnomaga rioya qilgan holda, endi yangi ERIni muddati 2020 yil 1 martdan keyin tugagan raqamli imzo egalari ham olishlari mumkin. Buning uchun Kalitlarni roʻyхatdan oʻtkazish va хizmat koʻrsatish markazi saytida shu muddati oʻtgan ERI yordamida shaхsiy kabinetga kirish zarur. Mazkur holatda u ushbu aniq maqsad uchun ishlaydi.
Binobarin, bugungi kunda amal qilish muddatini uzaytirish yoki yangi ERI olish uchun muddati oʻtganini almashtirish uchun Davlat хizmatlari markaziga tashrif buyurish shart emas. Hammasi e-imzo.uz sayti yordamida hal qilinadi.
Oleg GAYeVOY