Karantin davrida hisobot kechiktirilganligi uchun nima boʻladi?

preview

Koʻp korxonalar hozir soliq organiga hisobotlarni topshirishda qiyinchiliklarni boshdan kechirishmoqda. buxgalter.uz soʻrovi ma’lumotlariga koʻra, korxona ichida va kontragentlardan boshlangʻich hujjatlarni yigʻish yuzasidan qiyinchiliklarga, tegishincha, respondentlarning 26%i va 51%i duch kelishgan. Soʻrovning 17% ishtirokchilarida kompyuter, internet yoki buxgalterlik dasturlari bilan texnik muammolar yuzaga kelgan.  DSQ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Muzaffar Yusuf NAZAROVning soʻzlariga koʻra, hozircha kechiktirganlik uchun jarimalar boʻlmaydi:

- “Soliq majburiyatlarini ijro etish chogʻida karantin sharoitlarida cheklovlar tufayli muammolar yuzaga kelgan taqdirda davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchilarga qandaydir jarima choralarini qoʻllamagan holda ularga yuzaga kelgan muammoni hal qilishda har tomonlama yordam koʻrsatadi”.

 AOKA materiallari asosida

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text159342_karantin_davrida_hisobot_kechiktirilganligi_uchun_nima_buladi