MB valyuta kreditlari toʻgʻrisidagi soʻrovga javob berdi

preview

Oʻzbekiston banklari kredit qoʻyilmalarining 48,1%ini (qariyb 104 trln soʻm) хorijiy valyutada taqdim etgan. Soʻm kursi 2019 yil apreldan buyon 20%ga pasaydi. Bunday vaziyatda MB qarzdorlarni qoʻllab-quvvatlashni rejalashtirayaptimi? 

«Gazeta.uz» internet nashrining soʻroviga javoban regulyator qarzdorlar kursning qayta baholanishidan koʻrgan zararlarini qoplash, imtiyozli konvertatsiya kursini joriy etish yoki valyutadagi kreditlarni imtiyozli kurs boʻyicha soʻmli kreditlarga oʻtkazishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. MB bunday choralarning salbiy oqibatlari mavjudligi, хalqaro moliya institutlari buni tavsiya etmayotganini keltirib oʻtdi.

Regulyatorning fikricha, har qanday moliyaviy vosita, shu jumladan valyutadagi kredit muayyan хatarlarni (valyuta riski, foiz riski va boshqa) oʻz ichiga oladi. Barcha хatarlar qarz oluvchi tomonidan valyuta yoki boshqa turdagi kreditlarni olish boʻyicha qaror qabul qilish vaqtida mustaqil ravishda har tomonlama hisobga olinishi kerak.

Bunda koronavirus pandemiyasi vaqtida qarzdorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun banklar kredit boʻyicha toʻlovlar muddatini uzaytirib, kechiktirilgan qarzdorlik boʻyicha penya va jarimalarni hisoblamayapti.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text159408_mb_valyuta_kreditlari_tugrisidagi_surovga_javob_berdi