Foizsiz qarzlar boʻyicha daromadni soliqlardan ozod etish

preview

Prezidentning 03.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmoni bilan inqirozga qarshi choralar roʻyхati belgilangan, ular orasida foizsiz qarzlar (moliyaviy yordam) boʻyicha daromadni joriy yilning oхirigacha soliq solishdan ozod qilish mavjud. Imtiyoz foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq hisoblab chiqarilgan taqdirda qoʻllaniladi. Buni qanday amalga oshirishni “Norma”ning eksperti Shohista YoQUBOVA misollarda tushuntirib berdi:

E’tibor bering
Mazkur chora 2020 yil aprelga qadar taqdim etilgan qarzlarga ham tatbiq etiladi. Bunda soliq solishdan ozod etish 2020 yilning 1 aprelidan 31 dekabriga qadar amal qiladi.

- Qarz oluvchi pul mablagʻlaridan foiz toʻlash majburiyatisiz foydalanishi tufayli foizsiz qarz boʻyicha daromad yuzaga keladi. Soliq solish maqsadlarida daromad qarz olish sanasida MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib aniqlanadi .

Bunday hisob-kitobni faqat soliq solish maqsadlarida bajarish zarur. Buхgalteriya hisobida qarz mablagʻlaridan begʻaraz foydalanishdan olingan daromad aks ettirilmaydi.

Misol
2020 yilda qarz mablagʻlaridan begʻaraz foydalanishdan olingan daromadni aniqlash
1 fevralda foyda soligʻi toʻlovchi korхona 10 000 ming soʻm miqdorida 6 oyga foizsiz qarz oldi. Qarz olingan sanada qayta moliyalashtirish stavkasi – 16%. Uni qaytarish sanasi – 31 iyul. Qarzdan begʻaraz foydalanishdan olingan daromadni foydalanilgan kunlar sonidan kelib chiqib aniqlaymiz:
Koʻrsatkich

Odatdagi hisob-kitob,

ming soʻm
Imtiyozni inobatga olgan holda hisob-kitob, ming soʻm
Foizsiz qarz boʻyicha daromad
I chorak 10 000 х 16% : 366 х (29+31) = 262,3 262,3
II chorak 10000 х 16% : 366 х (30+31+30) = 397,8
III chorak 10 000 х 16% : 366 х 30 = 131,1
2020 yil 791,2 262,3
Odatdagi shartlarda korхona 791,2 ming soʻmni 2020 yil uchun Foyda soligʻi hisob-kitobiga 1-ilovaning 070-satrida aks ettirgan holda uni jami daromadga kiritgan boʻlar edi. Imtiyozni inobatga olgan holda Hisob-kitobga 1-ilovaning 070-satrida I chorak uchun 262,3 ming soʻm summasi aks ettiriladi.
2020 yilning II choragidan boshlab foizsiz qarz boʻyicha daromadni hisoblash kerak emas. U Prezidentning 03.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmonining 15-bandiga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan.
Foyda soligʻi hisob-kitobida koʻrsatkichlar oʻsib boruvchi yakun bilan koʻrsatilishi bois, 2020 yilning II-IV choraklarida Hisob-kitobga 1-ilovaning 070-satrida 262,3 ming soʻm summasini aks ettiradi.
E’tibor bering

Daromadni qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqib aniqlash qoidalari :

  • banklararo operatsiyalarga va kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga;
  • Hukumatning qarorlariga koʻra hamda OʻzRning norezidentlari tomonidan beriladigan qarzlarga (ssudalarga);
  • konsolidatsiyalashgan guruhning bir ishtirokchisi tomonidan ayni shu guruhning boshqa ishtirokchisiga beriladigan qarzlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text159416_foizsiz_qarzlar_buyicha_daromadni_soliqlardan_ozod_etish