Davlat organlari karantin boʻyicha savollarga javob beradilar – 11

preview

Boshqa shaharda oʻtkaziladigan tenderda qanday ishtirok etish mumkin? Qurilish materiallarini qanday sotib olish mumkin? Kun kechirishga mablagʻi yetmayotgan jismoniy shaxslarga banklar tomonidan koʻmak koʻrsatiladimi? Bu va boshqa savollarga javoblar – buxgalter.uz ning toʻplam materialida.

 Jamoliddin QALANDAROV, Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari:

– Karantin sharoitida qurilish materiallarini qanday tartibda sotib olish mumkin?

– Barcha ishlab chiqaruvchilarga ijtimoiy tarmoqlardagi oʻz sahifalari orqali mijozlari bilan aloqa oʻrnatish va qurilish joyiga mahsulot yetkazib berish topshirilgan. Bu borada ishlar toʻliq amalga oshirilmoqda.

– Toshkentda yashayman. Navoiy viloyatida oʻtkaziladigan tender savdolarida ishtirok etish istagim bor. Karantin sharoitida tender tashkilotchisiga takliflar paketini qanday yetkazib berishim mumkin?

– «Oʻzbekiston pochtasi» AJ xizmatidan foydalaning. Bugungi kunda Qurilish vazirligi tizimida barcha xizmatlar raqamlashtirilayotganligini ta’kidlab oʻtaman. 1 iyuldan loyihalarning tender savdolari elektron shaklda oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Sevara OʻRINBOYeVA, Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari:

– Xususiy tibbiyot muassasasi rahbariman. Koronavirus infeksiyasiga tekshiruv testini oʻtkazish boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatsak boʻladimi? Agar mumkin boʻlsa, kim bilan bogʻlanishimiz lozim?

 – Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq nodavlat tibbiyot tashkilotlariga 2020 yil 1 sentyabrga qadar sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash hududiy markazlari rahbarlari bilan tuzilgan shartnoma asosida barcha talablarga rioya etilgan holda, koronavirus infeksiyasi laboratoriya tekshiruvlari boʻyicha pullik tibbiy xizmatlar koʻrsatishga ruxsat beriladi.

Tegishincha, sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash hududiy markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Akmal NAZAROV, Markaziy bank jamoatchilik va kommunikatsiya siyosati munosabatlari departamenti direktori:

– Karantin sababli vaqtincha uydaman. Kun kechirish uchun yetarli mablagʻim yoʻq. Moliyaviy qiyinchilikdan chiqish uchun bank kartasiga onlayn mikroqarz olishim mumkinmi?

– Jismoniy shaxslar (muntazam ish haqi oladigan) tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bank kartalari yordamida onlayn-mikroqarzlar olish imkoniyatiga egalar.

Bunday xizmatlar 11 ta tijorat banklari orqali taqdim etilmoqda. Banklarning rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va mobil ilovalaridan batafsil ma’lumot olish mumkin.

AOKA materiallari asosida.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text159465_davlat_organlari_karantin_buyicha_savollarga_javob_beradilar_-_11