DIQQAT! DSQ va Moliya vazirligi bilan oʻtkaziladigan konferensiyada ishtirok eting

preview

29 aprel kuni «Norma» PRMning onlayn-platformasida Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi “Davlat tadbirkorlik sub’yektlarini qanday qoʻllab-quvvatlamoqda” videokonferensiyasini oʻtkazadi (12.00 da – oʻzbek tilida, 15.00 da – rus tilida). Agar yozilishga ulgursangiz, siz unda ishtirok etishingiz mumkin. Ishtirok etish – bepul.

Diqqat
Tashkiliy sabablarga binoan ilgari 27 aprelga rejalashtirilgan konferensiyani idoralar chorshanba, 29 aprelga koʻchirishdi.

Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi va «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi  Farmonlari karantinning murakkab sharoitlarida tadbirkorlik sub’yektlarini koʻp tomonlama qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.  Undan qanday foydalanish haqida moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod SULTONOV va DSQ raisining birinchi oʻrinbosari Mubin MIRZAYeV gapirib berishadi.

Kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin olgan:

  • hukumat pandemiya sharoitlarida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun nima qilmoqda va yana nima qilmoqchi;
  • qaysi soliqlar boʻyicha, kimga va qanday muddatga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etiladi;
  • kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash)ni olishning ariza berish meхanizmidan kim va qanday foydalanishga haqli;
  • kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash)ni olishning хabardor qilish meхanizmidan kim va qanday foydalanishga haqli;
  • soliq ma’muriyatchiligida nimalar oʻzgardi;
  • davlat soliqqa oid qoʻllab-quvvatlashdan tashqari qanday boshqa choralarni qabul qildi.

Yozilish uchun havola boʻyicha oʻtib, roʻyхatdan oʻting. Shoshiling, oʻrinlar soni cheklangan.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text159481_diqqat_dsq_va_moliya_vazirligi_bilan_utkaziladigan_konferenciyada_ishtirok_eting