9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Didox» elektron ishonchnomalari imzolovchilarni identifikatsiyalash imkonini beradi
«Didox» elektron hujjat aylanishi tizimida “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya qilgan holda elektron ishonchnomalarni yaratish va imzolash imkoniyati nazarda tutilgan. Elektron hujjatni imzolovchi shaxslarni identifikatsiyalash qanday ta’minlanayotganligi haqida «Venkon Group»ning bosh direktori Asqar ISMOILOV gapirib berdi:
- “Elektron ishonchnoma shakli asosiga Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida nizom bilan qogʻoz shaklidagi hujjatga qoʻyiladigan talablar olingan.
Elektron ishonchnomada quyidagilar majburiy koʻrsatiladi:
- amal qilish muddati;
- taqdim etuvchining pasport ma’lumotlari;
- olinadigan moddiy boyliklarning roʻyxati;
- xaridor va yetkazib beruvchi toʻgʻrisida axborot.
Qogʻoz shaklidagi hujjatdan farqli oʻlaroq, elektron hujjat aylanishini shakllantirishda yetkazib beruvchi va oluvchining, shuningdek tovarni olishga vakolat berilgan jismoniy shaxsning ERI qoʻllaniladi.
Elektron ishonchnomadan foydalanishni boshlovchilarda ERIni qoʻllash va yetkazib beruvchidan tovarni olish vazifasi yuklatilgan xodimning shaxsini identifikatsiyalash bilan bogʻliq savollar yuzaga keladi. Ta’kidlab oʻtamanki. «Didox» tizimi shunday tuzilganki, yetkazib beruvchi elektron ishonchnomani faqat tovar uchun kelgan shaxs uni oʻzining jismoniy shaxsning ERI bilan imzolagandan keyingina koʻradi. Hujjatning oʻzini esa tashkilot-xaridorning rahbari yuridik shaxsning ERI bilan yaratadi va tasdiqlaydi.
«Didox Mobile» mobil ilovada biz, xodimning kompyuter bilan jihozlangan ish joyi boʻlmagan taqdirda elektron ishonchnomani imzolash uchun qulay sharoitlar yaratadigan funksionalni nazarda tutganmiz.
Ishonchnomaga oʻz imzolarini qoʻyuvchi xodimlar faqat ularning nomlariga berilgan ERIdan foydalanishlarini qat’iy tavsiya qilamiz. Hozirgi kunda bundaylarni olishda muammo yoʻq. Pirovardida bu hujjatni imzolagan xodimni yuqori darajada haqqoniy identifikatsiyalash imkonini beradi.
Elektron ishonchnoma va qogʻoz shaklida rasmiylashtirilgan hujjat oʻrtasidagi yagona farq – bu qogʻoz variantining mavjud emasligida. Elektron ishonchnomadan foydalanish chogʻida sotuvchining vakili xaridor vakilining shaxsini unga EHA kanali orqali kelgan hujjat boʻyicha identifikatsiyalaydi. Zarurat boʻlganda elektron ishonchnomani chop etish mumkin va bu holda unda uni imzolagan aniq shaxslar toʻgʻrisida axborotni topish mumkin boʻladi.
Vaqti bilan elektron ishonchnomalar odatga aylanadi va ulardan foydalanishda hech qanday muammolar yuzaga kelmaydi.
Reklama huquqi asosida