9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Koʻp tashkilotlarda Ichki mehnat tartibi qoidalari (IMTQ) ishlab chiqilgan boʻlsada, ularda kompaniyaning barcha xodimlari uchun umumiy ish vaqti rejimini nazarda tutish ancha mushkul. Axir u xodimlarda va hatto boʻlimlarda ham turlicha: qoʻriqlash xizmatida – bitta, haydovchilarda boshqacha boʻlishi mumkin va h.k. Shu bois IMTQdan tashqari, ba’zi korxonalarda xodimlarning ish vaqtini smenali grafiklar bilan taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Ularni toʻgʻri va qanday shaklda tuzishni mehnat huquqi masalalari boʻyicha «Norma» eksperti Lenara XIKMATOVA tushuntirdi.
- Grafikning birxillashtirilgan shakli mavjud emas, uni siz mustaqil ravishda ishlab chiqib, IMTQga, jamoa shartnomasiga ilova yoki mustaqil lokal hujjat sifatida rasmiylashtirishingiz mumkin (namunaga qarang).
Smenali grafikda quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
- xodimlarning yoki ayrim xodimlarning smenali ish rejimi oʻrnatilgan xodimlar guruhi (brigadalar) (har biri uchun F.I.O. va lavozimi (kasbi, mutaxassisligi) koʻrsatilgan holda);
- smenalarning muddati (ularning boshlanishi va tugashini koʻrsatgan holda);
- dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus
; - smenalarning almashishi tartibi;
- har bir smenadagi xodimlar yoki brigadalarning soni.
Smenali grafikni bitta yoki ikkita dam olish kunlari bilan standart ish haftasini inobatga olgan holda yoki ish vaqtini jamlab hisobga olish qoʻllaniladigan hisobga olinadigan davrga (oy, chorak va h.k.) tuzishingiz mumkin. Bunda:
- hisobga olinadigan davr uchun ish vaqtining muddati normal ish soatlari sonidan ortiq boʻlishi mumkin emas
; - hisobga olinadigan davr 1 yildan, kundalik ish vaqtining (smenaning) muddati esa 12 soatdan ortib ketmasligi lozim
; - ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi oʻrtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam boʻlishi mumkin emas
.
Smenali grafikda ular bilan xodimlarni tanishtirish uchun grafani nazarda tuting.
Grafikni tuzishda quyidagilarni ham inobatga oling:
- ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilangan xodimlar toifasi mavjud
; - agar smena muddatining kamida yarmi tungi vaqtga toʻgʻri kelsa, umumiy qoidaga koʻra, uning muddati 1 soatga qisqartiriladi
.
Bunda maxsus tungi vaqtdagi ish uchun qabul qilingan xodimlarning (masalan, qorovullar yoki tungi navbatchilar) smenasi, shuningdek - ishlab chiqarish uzluksiz boʻlgan joylarda smena qisqartirilmaydi
.
Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qoʻllanish tartibini, shuningdek hisobga olinadigan davr mobaynida xodimlarga har oyda toʻlanadigan ish haqi miqdorini tenglashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni jamoa shartnomasida belgilang
. Agar korxonada jamoa shartnomasi boʻlmasa, masalani ish beruvchi xodimlarning vakillik organi bilan kelishib hal qiladi. Kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlashni xuddi shu tartibda belgilash mumkin
.
Grafikni «Excel» jadvalida tuzish qulay. Shuningdek, buxgalterlik va korxonada ish yuritish uchun moʻljallangan boshqa maxsus dasturlar ham uni shakllantirish imkonini beradi.
Agar ish beruvchi butun tashkilotni yoki uning ayrim tashkiliy tuzilmalarini smenali ish rejimiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa, buni bosqichma-bosqich amalga oshirish zarur. Harakatlarning taxminiy algoritmi bunday koʻrinishga ega:
1-qadam. Buyruq chiqarib, unda smenali ish rejimi va ish vaqtini jamlab hisobga olish qoʻllaniladigan muddat va tartibni belgilang (zarurat boʻlganda).
2-qadam. Smena boʻyicha ishlashga har bir xodimning yozma ravishda roziligini olish. Bunday rozilik MKning 89-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan hollarda talab etilmaydi. Biroq, ish beruvchi mehnat shartlaridagi boʻlajak oʻzgarishlar haqida xodimni kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart
.
3-qadam. Kompaniyaning lokal normativ hujjatida (masalan, IMTQda) xodimlarning qanday toifasiga smenali ish rejimi oʻrnatilishini mustahkamlang.
4-qadam. Qonunda belgilangan va yuqorida koʻrsatilgan normalarni inobatga olgan holda smenali grafik loyihasini ishlab chiqish.
5-qadam. Grafik loyihasini xodimlarning vakillik organiga (agar mavjud boʻlsa) mazkur organning fikrini inobatga olish uchun yuborish.
6-qadam. Tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan smenali grafikni tasdiqlash.
7-qadam. Xodimlarni smenali grafik bilan imzo qoʻydirib tanishtirish.
8-qadam. Xodimlarning mehnat shartnomalariga ish vaqti rejimini oʻzgartirish toʻgʻrisida qoʻshimcha kelishuvlar tuzish.
.Ish beruvchi smenali grafikni oʻz ixtiyoriga koʻra oʻzgartirishi mumkin emas, sababi ushbu hujjat xodimning ish rejimini belgilaydi. Grafikka oʻzgartirishlarni faqat xodimning oʻzining roziligi bilan kiritish mumkin. Agar ish beruvchi smenali grafikni bir tomonlama oʻzgartirishni xohlasa MKning 88-89-moddalarida nazarda tutilgan taomillarga rioya qilishi lozim. Xodim ham, oʻz navbatida, grafikda nazarda tutilgan smenalarning navbatini ish beruvchining ruxsatisiz oʻzgartirishga yoki grafik boʻyicha oʻzining smenasidan boshqa smenaga chiqishga haqli emas.
![]()