Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Qurilish tashkilotlari ishni bajargach, buyurtmachidan uning haqini ololmaydigan holatlarga koʻp toʻqnash keladilar. Muammoli buyurtmachidan toʻlovni qanday olish mumkinligi haqida yuridik masalalar boʻyicha «Norma» eksperti Oleg ZAMANOV gapirib berdi.
– Ob’yektlar qurilishi, kapital ta’mirlanishi yoki rekonstruksiya qilinishi, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlari bilan bogʻliq munosabatlar qurilish pudrati shartnomasi bilan tartibga solinadi. Buyurtmachi pudratchi ishlashi uchun shart-sharoit yaratishi, uni qabul qilishi va kelishilgan mablagʻni toʻlashi shart
. Bajarilgan ishlar qiymati – smetada, haq toʻlash tartibi va muddatlari qurilish pudrati shartnomasida koʻrsatiladi
.
Bajarilgan ishlar haqini toʻlash yuzasidan buyurtmachi bilan nizolashish ehtimoli boʻlganda pudratchi oʻz pozitsiyasini mustahkamlash uchun:
1) smetada toʻgʻri summa aks ettirilganiga, shartnomada esa bajarilgan ishlar hajmi uchun haq toʻlash tartibi va muddatlari qayd etilganiga ishonch hosil qilishi. Pudratchi 50% yoki undan ortiq davlat ulushiga ega boʻlgan sub’yekt boʻlsa, shartnomada ishlar qiymatining kamida 15%ini majburiy ravishda oldindan toʻlash nazarda tutilishi kerakligini inobatga oling
. Qolgan hollarda, shartnomada oldindan toʻlov nazarda tutilmagan boʻlsa, buyurtmachi ish natijalari toʻliq topshirilgach – basharti ish lozim darajada va kelishilgan muddatda bajarilgan boʻlsa, yoхud – buyurtmachining roziligi bilan – muddatidan oldin kelishilgan mablagʻni toʻlashi shart
;
2) buyurtmachi bajarilgan ishlar dalolatnomasi va ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturani olganiga ishonch hosil qilishi, sababi:
- dalolatnoma pudratchi ish natijalarini topshirgani, buyurtmachi esa ularni qabul qilganini tasdiqlaydi.
Buyurtmachi dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu unda qayd etiladi va dalolatnomani faqat pudratchi imzolaydi
. Bunda buyurtmachi rad javobini asoslab berishi kerak. Ya’ni ishda ob’yektdan foydalanish imkonini istisno etadigan bartaraf etib boʻlmaydigan nuqsonlar boʻlishi kerak
. Aks holda sud bir taraflama dalolatnomani ham qabul qiladi
;
- ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura buyurtmachi bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlari uchun haq toʻlashiga asos boʻladi. U 3 nusхada (buyurtmachi, unga хizmat koʻrsatuvchi bank va pudratchi uchun) rasmiylashtirilib, buyurtmachiga topshiriladi. Buyurtmachida uni koʻrib chiqish va rasmiylashtirish yoki qoʻshimcha ishlov berishni soʻrab, asosli e’tirozlar bilan qaytarish uchun 3 kun vaqt bor
.
Odatda, pudratchi qilgan хarajatlar («protsentovkalar») rasshifrovkasi bilan birga bajarilgan ishlar dalolatnomasi va ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura buyurtmachiga umumiy paketda topshiriladi. Pudratchida buning hujjatli tasdigʻi – qoʻliga topshirilgani qayd etilgan ilova хat nusхasi (bajarilgan ishlarni topshirishga tayyor ekanlik haqida хabar), buyurtma pochta bildirishnomasi, kuryer orqali yetkazib berish хizmatining yukхati va h.k. boʻlsa, buyurtmachi hujjatlarni olgan deb tasdiqlash mumkin;
3) kafolat muddati haqidagi shartnoma shartlarini diqqat bilan oʻrganib chiqishi zarur. Shartnomada boshqa narsa nazarda tutilmagan boʻlsa, u buyurtmachi ob’yektni qabul qilgan kundan boshlab 10 yilni tashkil etadi
. Shartnomada bajarilgan ishlar qiymatining bir qismi (odatda, koʻpi bilan 5-10%) kafolat muddati oʻtgach toʻlanishi ham koʻrsatilishi mumkin. Bu holda pudratchi kafolat muddati oʻtmasdan 100% haq toʻlashni talab qila olmaydi.
Buyurtmachi bajarilgan ishlarni qabul qilishdan va ular uchun haq toʻlashdan asossiz ravishda bosh tortgan taqdirda, qonun bilan quyidagi kafolatlar beriladi:
- ish natijasi buyurtmachiga topshirilgan kundan boshlab bir oy oʻtgach, ikki marta ogohlantirgandan keyin pudratchi ish natijasini sotishga, olingan summani esa unga toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlarni chegirgan holda buyurtmachi nomiga ochilgan notarial idora depozitiga oʻtkazishga haqli
; - pudratchi ish natijasi va buyurtmachiga tegishli boʻlgan asbob-uskunalar, foydalanilmagan materiallar qoldiqlari va buyurtmachining unda qolgan boshqa mol-mulkini haqini olmaguncha ushlab turishga haqli
.
Biroq amalda ushbu normalarni qoʻllash juda mushkul. Aslida oʻziga tegishli narsani olish uchun pudratchi sudga murojaat qilishiga toʻgʻri keladi.
Da’vo arizasini berishdan oldin…
Sudga da’vo arizasini berishdan oldin:
- qurilish pudrati shartnomasi shartlariga koʻra majburiy boʻlsa, nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma bildirish) tartibiga rioya etish
.
Talabnoma shakli va mazmuni, uni bildirish tartibi «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-moddasida aks ettirilgan. 2019 yil 1 yanvardan «Mediatsiya toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirgan. Taraflar alohida hujjat sifatida mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisida kelishuv tuzishlari, yoki shartnomaga tegishli qaydni kiritishlari mumkin
. Bunda ushbu tartibga ham rioya etish majburiy boʻladi
;
- da’vo muddati oʻtmaganini tekshirish lozim. Qurilish pudrati doirasida majburiyatlarga nisbatan umumiy da’vo muddati – 3 yil qoʻllaniladi. Qurilish uzoq vaqt davom etadigan jarayon boʻlgani uchun da’vo muddati ishlar bajarila boshlagan paytdan emas, balki buyurtmachi ularning haqini toʻlashdan bosh torta boshlagan paytdan e’tiboran hisoblanishini nazarda tuting.
Hatto ushbu muddat oʻtgan boʻlsa ham, sud da’vo arizasini qabul qiladi
. Biroq javobgar sudda da’vo muddatini qoʻllash haqida arz qilsa, da’vo rad etiladi
.
. Boshqacha aytganda, buyurtmachi bosh pudratchiga haq toʻlamasa, u esa shu sababli yordamchi pudratchiga haq toʻlashni kechiktirsa, bunda bosh pudratchining aybi boʻlmaydi. Yordamchi pudratchi uni sudga bersa, yordamchi pudratchi foydasiga bosh pudratchidan penya va jarimalar undirilmaydi.![]()