DipIFR(rus) imtihoniga qanday roʻyxatdan oʻtiladi

preview

«Norma» Professional rivojlanish markazi 5 may kuni DipIFR(rus) Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (ASSA) imtihoniga tayyorlanish boʻyicha kursni ishga tushirdi. Xuddi shu kuni ASSA mazkur imtihonga roʻyxatdan oʻtkazishni boshladi. Qanday roʻyxatdan oʻtish haqida «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVAning bosqichma-bosqich yoʻriqnomasida oʻqing.

Yaqin oradagi «DipIFR-rus» imtihoni 2020 yil 11 sentyabrda oʻtkaziladi. Diplomni roʻyxatdan oʻtkazish va imtihonga roʻyxatdan oʻtish 2020 yil 5 maydan ochiq. Agar unda ishtirok etishni xohlasangiz, 13 iyulga qadar 1-bosqichdan oʻtishga ulguring. Imtihonga roʻyxatdan oʻtish 2020 yil 27 iyulga qadar ochiq boʻladi.

Yangilar uchun imtihonga roʻyxatdan oʻtish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1) ASSA talabasi sifatida roʻyxatdan oʻtish. Shuningdek, uni diplomni roʻyxatdan oʻtkazish ham deyishadi (talaba sifatida (diplomni)  roʻyxatdan oʻtish uchun yoʻriqnomaga qarang);

2) DipIFR imtihonining oʻziga roʻyxatdan oʻtish (shaxsiy kabinet orqali imtihonga roʻyxatdan oʻtish uchun yoʻriqnomaga qarang);

1-bosqich. Talaba sifatida roʻyxatdan oʻtish (diplomni roʻyxatdan oʻtkazish)

Talaba sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun  roʻyxatdan oʻtish saytiga kiring va taklif etilgan shaklni toʻldiring. Buning uchun:

  • shaxsga doir ma’lumotlarni koʻrsating,
  • pasportning skani yoki fotosuratini yuklang,
  • sizning malakangizni tasdiqlaydigan ingliz tilidagi hujjatlarni yuklang.

E’tibor bering

ASSA DipIFR imtihoni ishtirokchilariga quyidagi talablarni qoʻydi:

  • buxgalteriya hisobi yoki audit sohasida 3 yillik ish tajribasi;
  • buxgalteriya hisobi yoki audit sohasida 2 yillik ish tajribasi va sohaga doir oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi diplom;
  • roʻyxatdan oʻtish badalini toʻlash.

ASSA talablariga muvofiq DipIFR (rus) malakasini olish huquqini tasdiqlash uchun nomzod roʻyxatdan oʻtish shakliga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi kerak:

  • tegishli ma’lumot darajasini tasdiqlaydigan diplom nusxasi va buxgalteriya hisobi va audit sohasida kamida 2 yillik ish tajribasini tasdiqlaydigan mehnat daftarchasi nusxasi (yoki ish beruvchidan xat);

yoki

  • buxgalteriya hisobi va audit sohasida kamida 3 yillik ish stajini tasdiqlaydigan mehnat daftarchasi nusxasi (yoki ish beruvchidan xat).
Vaziyat
Izlanuvchi iqtisodchi sifatida uch yillik ish stajiga ega. U DipIFR (rus) imtihonini topshirishga qoʻyiladimi?
- Ha, qoʻyiladi, agar nafaqat mehnat daftarchasidan yozuvlar skanini, balki uning funksional vazifalariga moliyaviy hisobot bilan ishlash kirishi haqida rahbariyatdan xat taqdim etsa.
Eslatib oʻtamiz
Eslatib oʻtamiz: ASSAga topshiriladigan hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilingan boʻlishi kerak. Agar siz tarjima qilgan boʻlsangiz, notarial tasdiqlamagan holda tarjimalar byurosining muhri yetarli boʻladi.
E’tibor bering
Oʻzbekistondan talaba sifatida roʻyxatdan oʻtish badali 40 funt sterlingni tashkil etadi. Roʻyxatdan oʻtish sahifasida xalqaro valyuta kartalari, shuningdek Paypal pul oʻtkazmalari tizimi yordamida toʻlovni amalga oshirish mumkin.

(Visa, MasterCard, American Express (AMEX) xalqaro valyuta kartalari yordamida toʻlovni amalga oshirish

Quyidagilarni kiritish lozim boʻladi:

1. karta raqami;

2. egasining ismi va familiyasi;

3. kartaning amal qilish muddati va kodi;

4. CVC/CVV/CID kodi.

Ushbu barcha ma’lumotlar kartaning oʻzida koʻrsatilgan: 1-3-bandlar – uning yuza tomonida, 4-band (CVC/CVV/CID kodi) – kartaning orqa tomonida.

Paypal pul oʻtkazmalari tizimi orqali yoki UnionPay xalqaro valyuta kartasi yordamida toʻlovni amalga oshirish

Paypal tizimi orqali yoki UnionPay kartasi yordamida toʻlovni amalga oshirishda sayt sizni ushbu toʻlov tizimlarining saytiga qayta yoʻnaltiradi.

E’tibor bering
Paypal oʻtkazmalar tizimi Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtkazilmagan, shu bois siz faqat uchinchi shaxslar orqali toʻlashingiz mumkin.

Talaba sifatida roʻyxatdan oʻtish haftada 7 kun sutkasiga 24 soat ochiq. Hujjatlarning Glazgodagi ACCA ofisi tomonidan tekshirish muddati 5 ish kuni va undan ortiqni tashkil etadi. Tekshirish tugagandan keyin siz ASSA talabasi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganligingizni tasdiqlovchi ingliz tilida e-mail olasiz.

Talaba sifatida roʻyxatdan oʻtilgandan (diplom roʻyxatdan oʻtkazilgandan) keyin:

  • sizga shaxsiy kabinetga kirish imkoniyati ochiladi;
  • siz ASSA malakasi boʻyicha imtihonga roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

2-bosqich. Imtihonga roʻyxatdan oʻtish

Siz shaxsiy kabinet orqali imtihonga roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. Buning uchun:

1. shaxsiy kabinetga kiring;

2. EXAM ENTRY ni tanlang;

3. shundan keyin siz roʻyxatdan oʻtish sahifasiga qayta yoʻnaltirilasiz;

4. Book your exams now ni tanlang;

5. Add your exam ni tanlang;

6. imtihon topshirish markazini tanlang;

7. imtihon uchun toʻlovni amalga oshiring (toʻlov usullari biroz yuqorida bayon etilgan).

E’tibor bering
Oʻzbekiston uchun imtihonga roʻyxatdan oʻtish badali £122 funt sterlingini tashkil etadi.

Imtihon qanday oʻtkaziladi

DipIFR boʻyicha imtihon rus tilida va faqat qatnab topshirish formatida – qogʻozda yozma ravishda oʻtkaziladi. Agar koronavirus pandemiyasi munosabati bilan uning boshqa formati qoʻllaniladigan boʻlsa, bu ASSA saytida e’lon qilinadi.

Imtihonning davomiyligi 3 soat 15 daqiqani tashkil etadi.

Imtihon hisob-kitob va ta’riflash-muhokama savollarini oʻz ichiga olgan ikkita boʻlimdan iborat:

1. A boʻlimi: kompaniyaning konsolidatsiyalashgan hisoboti va alohida hisobotlariga tuzatishlar boʻyicha savol (25 ball).

2. V boʻlimi: turli MHXM boʻyicha 3 ta savol (har biri 25 ball).

Oʻtish balli olish mumkin boʻlgan 50 balldan 100 ballgacha.

E’tibor bering
Dasturning barcha muhim boʻlimlari boʻyicha nomzodlarning bilimlarini tekshirish uchun barcha imtihon savollarini bajarish imtihonning majburiy sharti hisoblanadi.

Biz bilan birlashing!

Sizda hali imtihonga tayyorlanish uchun «Norma» PRM onlayn-kursini tanlagan mutaxassislar bilan birlashishingiz imkoniyati mavjud. «Jonli» onlayn-translatsiyalar ishtirok etish va ularning yozib olinganini koʻrish imkoniyatidan tashqari, siz taqdimotlar, darsliklar, savollar va vazifalar, konspekt va shpargalkalar hamda boshqa foydali materiallarga kirish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Narxlar – oʻziga xos, bunaqasi boshqa boʻlmaydi.

Agar ushbu taklif sizda qiziqish uygʻotgan boʻlsa, 78-148-11-72 telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qiling yoki havola boʻyicha oʻting.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text159768_dipifrrus_imtihoniga_qanday_ruyhatdan_utiladi