9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2019 yildan auditorlik xizmatlari bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirish boshlangan. Auditorlik tashkilotlarining ustav kapitaliga nisbatan sun’iy talab hamda dunyo boʻyicha yagona hisoblangan xizmatlar koʻrsatiladigan ob’yektlar boʻyicha tasniflash bekor qilingan. Yana bir qadam qoʻyish – bir auditorlik tashkilotida majburiy tartibda belgilanadigan sertifikatlangan mutaxassislar sonini kamaytirish hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga auditorlik xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat berish fursati keldi.
Mustaqilligimizning 10-15 yili davomida koʻp sonli auditorlar va auditorlar tashkilotlarining mehnatlari tufayli ilk marta Oʻzbekistonda audit bozorini jadallik bilan rivojlantirishga erishildi. Sabablardan biri – liberal normalar, ularga koʻra 2007 yilga qadar qonunan auditorlik tashkilotlari shtatida kamida ikkita sertifikatlangan auditor boʻlishi majburiy hisoblangan.
Biroq 2007 yildan boshlab barcha auditorlik tashkilotlari audit oʻtkazish huquqidan kelib chiqqan holda uchta guruhga boʻlingan, ularda ikkitadan oltitagacha sertifikatlangan mutaxassislar boʻlishi shartligi belgilangan
.
Odatda qonun ijodkorligi jarayonida avvalo jahon tajribasi hamda rivojlangan va taraqqiy etgan davlatlar tajribasi tahlil etiladi. Oxirgi oʻzgartirishlardan oldin deyarli barcha kontinentlar (Yevropa, Osiyo, Amerika) boʻyicha auditorlik tashkilotlariga qoʻyidagi talablar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar jamlangan. Koʻpchilik davlatlarda, shu jumladan AQShda auditorlar eng kam soni ikkita mutaxassisdan, Rossiya va Janubiy Koreyada uchta mutaxassisdan iborat boʻladi. Darvoqe, Rossiyada ushbu talab uch yil oldin paydo boʻlgan.
Qonun chiqaruvchilar xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganib chiqib, 10 yildan ortiq muddatdan buyon auditorlik tashkilotlarining uchta guruhga ajratib kelinishi Oʻzbekistonda ham amal qilganligiga guvoh boʻldilar. Bu auditorlik faoliyatini tartibga solish nuqtai nazaridan samarali boʻlganda, hech boʻlmaganda bironta davlat tajribamizdan foydalangan boʻlardi.
Natijada qonun chiqaruvchilar 2018 yilda auditorlik xizmatlari bozorini liberallashtirish boʻyicha dastlabki qadamni qoʻydilar. Birinchidan, auditorlik kompaniyalarining ustav kapitali hajmidan va u yoki bu tashkilotlar tekshiruvi boʻyicha cheklovlarga bogʻliq holda sun’iy taqsimlash bekor qilindi. Ikkinchidan, bitta auditorlik tashkilotidagi auditorlarning eng kam soni toʻrtta mutaxassis etib belgilandi
.
Auditorlik xizmatlari bozori jadal rivojlanishiga imkon beradigan navbatdagi qadamni qoʻyish fursati yetdi deb hisoblaymiz.
Birinchi taklif – auditorlik tashkilotlarida malakali mutaxassislarning eng kam soni ikkita auditordan iborat boʻlish talabini belgilash. Bu auditorlik xizmatlari bozorini faollashtirishga imkon yaratadi.
Ikkinchi taklif – auditorlarga yakka tartibdagi asosda auditorlik xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat berish. Koʻpgina mamlakatlarda auditorlar yakka tartibdagi (xususiy) tadbirkorlar sifatida ishlaydilar. Bunday auditorlarning mijozlari bozori – bu qoidaga koʻra, kichik biznes hisoblanadi. Kichik firmalarga xizmat koʻrsatish uchun mutaxassislarning katta guruhi talab etilmaydi. Xizmatlari narxi yukxatlar boʻyicha xarajatlar kamligi bois ancha raqobatbop boʻlgan bitta auditor mijozlarning mavjud muammolarini muvaffaqiyatli hal eta oladi.
Oʻzbekistonda kichik biznesni rivojlantirish darajasini ushbu tajribani qoʻllagan holda oshirish vaqti keldi deb hisoblaymiz. Bu ochiq-oshkora faoliyat yuritishni va barcha soliqlarni toʻlashni xohlaydigan kichik korxonalarga jiddiy ta’sir koʻrsatadi hamda bozorga yangi professionallarni olib keladi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri muhokama qilinmoqda va puxta ishlab chiqilmoqda. Shu yillar mobaynida qiyinchiliklarni yengib oʻtgan auditorlar har qanday yangiliklarga ham tayyordirlar. Bunda yangi tashkil etilgan va tugatilgan auditorlik tashkilotlari soni boʻyicha statistika oshirilgan taqdirda, salmoq koʻrsatkichlari boʻyicha mazkur tadbirkorlik faoliyati sohasi qisqa muddatli faoliyat yuritish boʻyicha yetakchilar qatorida boʻladi.
Qonun chiqaruvchilarni Oʻzbekistonda auditni yanada rivojlantirish yoʻlida ijobiy natijalarga erishilgan jahon tajribasini inobatga olishga chaqiramiz.
Manfaatdor shaxslarning pozitsiyamizni tushunishlariga va konstruktiv yondashishlariga ishonamiz.
Froyanchenko B.M., “FINEKS” MChJ direktori,
Badin V.V., “Maslahat-Harakat” MChJ auditori,
Piven L.A., “Maslahat-Harakat” MChJ direktori,
Karimov S.E. “UHY Tashkent” MChJ direktori,
Golosova S. A., “Tri-S-AUDIT" MChJ direktori,
Tveryankin V.B., “KORIFEY-AUDIT” MChJ direktori,
Jukov O.V., “Audit-Services” MChJ direktori,
Kim N.B., “Ekoaudit” MChJ direktori,
Gaynulina G.M. “Global-audit” MChJ direktori v.b.,
Alaviddinov Sh.M. “Business audit today” MChJ direktori,
Norqobilov A.X., “Termiz-Audit” MChJ direktori,
Pogosyan A.A., “Xarakat-audit” MChJ direktori,
Ismailova S.A., “ORIENT AUDIT” MChJ direktori,
Ergashev A. E., “REAL AUDIT INVEST” MChJ direktori,
Kim M.V., “Crowe TAC” MChJ auditori.