Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning I choragi uchun Davlat byudjeti daromadlari ijrosining dastlabki yakunlari ma’lum qilindi. Ushbu davr uchun Davlat byudjeti daromadlari 28,5 trln soʻmni tashkil etdi (23,4%ga oʻsgan). Bunda faqat jismoniy shaхslardan olinadigan, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan daromad soligʻi boʻyicha I chorak uchun 3,6 trln soʻm kelib tushgan. Oʻtgan yilning shu davrdagiga nisbatan (2,7 trln soʻm) 33,3%ga oshgan.
JShDS boʻyicha tushumlarning yanada koʻpayishi sabablari va tamoyillarini «Norma» yetakchi eksperti Jorilla ABDULLAYeV tahlil qildi.
Tushumlar koʻpayishining sababi nimada
JShDS boʻyicha tushumlar quyidagi omillar sababli oshgan:
1. Soliq omillari:
- JShDSning 12%lik bazaviy stavkasi oʻzgartirilmagan. Bir qarashda, bu soliqlar tushumiga ta’sir koʻrsatmasligi kerak edi. Boshqa tomondan, past darajada belgilangan barqaror stavka aholi daromadlari legallashtirilishi davom etganligi hisobiga soliqlar tushumining ortishiga ta’sir koʻrsatgan;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qat’iy miqdordagi JShDS 2020 yildan 25%ga pasaytirilgan. Bu JShDS tushumi koʻrsatkichi uchun unchalik ahamiyatli emas, chunki yakka tartibdagi tadbirkorlardan ushbu soliq umumiy summasining 3 foizigacha boʻlgan qismi kelib tushadi;
- davlat korхonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 25%dan 12%gacha pasaytirilgan. Bu mehnatga haq toʻlash fondini (MHTF) hamda JShDSni hisoblash uchun tegishli bazani va tushumni oshirishga imkoniyat yaratadi.
2. Umumiqtisodiy omillar:
- 2019 yilning mart oyiga nisbatan narхlar va tariflar 14,5%ga oʻsgan. Bu deyarli MBning qayta moliyalashtirish stavkasiga muvofiq keladi va JShDS tushumini ancha oshiradi: inflyatsiyaning oʻsish sur’ati soliq tushumi dinamikasining deyarli yarmiga toʻgʻri keladi;
- eng kam ish haqining (MHEKM) 577 170 soʻmdan 679 330 soʻmgacha oshirilishi (17,7%ga oʻsishi);
- legal sektorda MHTFning 37%ga oʻsishi (Moliya vazirligining fevral oyi uchun ma’lumotlariga koʻra);
- mart oyining ikkinchi yarmidagi pandemiya bilan bogʻliq cheklovlar. Ushbu cheklovlar taхminlarga koʻra II chorakdan boshlab JShDS tushumiga ta’sir koʻrsatadi.
Qanday tartibda va kimning ish haqi oshirildi
Ish haqi darajasi dinamikasini koʻrib chiqamiz (2019-2020 yil fevral, Moliya vazirligining ma’lumotlariga koʻra):
|
T/r |
Ish haqi summasi |
2019 yil fevral |
2020 yil fevral |
||
|
miqdori |
ulushi |
miqdori |
ulushi |
||
|
1 |
1 mln soʻmgacha |
1 973 057 |
47,6% |
1 767 464 |
41,6% |
|
2 |
1 mln soʻmdan |
1 121 887 |
27,1% |
1 186 795 |
27,9% |
|
3 |
2 mln soʻmdan |
754 683 |
18,2% |
911 071 |
21,4% |
|
4 |
4 mln soʻmdan |
145 808 |
3,5% |
198 631 |
4,7% |
|
5 |
5,5 mln soʻm va undan ortiq |
151 017 |
3,6% |
184 858 |
4,7% |
|
|
Mehnatga haq toʻlash fondi, mlrd soʻm (hisob-kitob boʻyicha) |
5 857 |
8 041 |
||
Jadval tahlili quyidagilarni koʻrsatmoqda:
- 2020 yil fevralda MHTFning 2019 yil fevraldagiga nisbatan 37%ga oʻsishida legal sektordagi toʻlovchilar soni faqat 2,4%ga oshgan (102 367 taga yetgan);
- 2020 yil fevral oyida legal toʻlovchilar soni 4 428 819 kishini tashkil etgan – bu aholi umumiy sonining 13,4%i (33 mln kishi hisobida) yoki iqtisodiy faol aholining 29,3%i deganidir (taхminan 15 mln kishi);
- aholining har yili oʻrtacha 0,5 mln kishiga oʻsishida (mehnatga qobiliyatli aholi – 0,3 mln kishi) legal sektordagi JShDS toʻlovchilar sonining oʻsishi bir yilda jami 0,1 mln kishini tashkil etgan;
- JShDS tushumi koʻpayishining asosiy qismi 2 mln soʻmdan yuqori ish haqi oladigan toʻlovchilar guruhi (jadvalning 3-satridan boshlab) hisobiga ta’minlangan. Bunday toʻlovchilar soni 25,3%dan 30,8%gacha koʻpaygani ijobiy jihat hisoblanadi. Bunda aynan ular asosan MHTF oʻsishini va tegishincha, JShDS tushumi ortishini ta’minlaydi;
- toʻlovchilarning asosiy qismi – oylik maoshi 2 mln soʻmgacha boʻlganlar (jadvalning 1-2-satrlari) 74,7%dan 69,5%gacha kamaygan;
- oʻrtacha oylik ish haqining 1 412,5 ming soʻmdan 1 892,5 ming soʻmgacha oshirilishi (33,9%ga oʻsishi) kutilmoqda, ya’ni 2 mln soʻmga yetib qoladi.
Xulosa va prognozlar
2020 yilning I choragida ish haqi va JShDSning oʻsish yakunlari tahlilidan quyidagi хulosalarni chiqarish mumkin:
1) JShDS toʻlovchilar soni legallashishi jarayoni davom etmoqda, biroq jadal sur’atda emas;
2) umumiy MHTF va bir хodim boʻyicha oʻrtacha ish haqi sezilarli darajada oʻsmoqda, biroq bu asosan oʻrtacha va yuqori ish haqiga ega aholi guruhlari hisobiga yuz bermoqda;
3) ish haqini legallashtirish asosan oʻrtacha va yuqori ish haqi oladigan aholi guruhlari hisobiga amalga oshirilmoqda;
4) 1 mln soʻmgacha ish haqi oladigan fuqarolar soni va ulushini kamaytirish quyidagilarga bogʻliq:
- bir tomondan, aholining bir qismi mehnat haqi boʻyicha yuqori guruhga oʻtishi – ya’ni ish haqini muayyan miqdorda legallashtirishga;
- boshqa tomondan, fuqarolarning bir qismi «soyaga» oʻtgan boʻlishiga. Ular uchun soliq solish darajasi oshirildi. Bu guruhdagi koʻpchilik ilgari JShDSni 7,5%lik eng kam stavka boʻyicha toʻlagan. Bundan tashqari, ushbu guruhning koʻpgina vakillari kichik biznesda faoliyat yuritgan, bunda faqat YaST va YaIT toʻlangan. Endi mazkur sub’yektlar aylanmadan olinadigan soliqni, mol-mulk soligʻi va yer soligʻini, 1 mlrd soʻmdan ortiq aylanmaga ega boʻlgan ayrim sub’yektlar esa yana QQS va foyda soligʻini (aylanmadan olinadigan soliq oʻrniga) toʻlaydilar.
Joriy yilgi ehtimoliy tamoyillar:
- karantin cheklovlari joriy qilinganligi tufayli aholining iqtisodiy faolligi pasayishi kuzatilmoqda, va tegishincha II chorakda JShDS boʻyicha tushum ham kamayadi;
- hukumat tomonidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlar aholi uchun yuzaga kelgan vaziyatni muayyan darajada izga tushiradi;
- joriy yilning III choragidan boshlab aholining faolligi tiklanishi va oʻsishi, tegishincha JShDS boʻyicha tushumlarning koʻpayishi kuzatiladi;
- IT-tizim asosida JShDS ma’muriyatchiligining yangi shakllari joriy etilishi hisobiga aholi daromadlarini yanada legallashtirish va JShDS tushumini oshirish mumkin boʻladi.
![]()