Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Davlat karantin davrida biznesga turli turdagi qoʻllab-quvvatlashni taklif qilmoqda. Prezidentning “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020 yil 18 maydagi PF-5996-son Farmoni bilan soliqlar boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar joriy etildi. Barcha amaldagi imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisida «Norma» yetakchi eksperti Jorilla ABDULLAYeVning sharhida oʻqing.
- Pandemiya davrida tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun soliq itiyozlari Prezidentning quyidagi Farmonlarida aks etgan:
1) Prezidentning 19.03.2020 yildagi PF-5969-son Farmoni;
2) Prezidentning 3.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmoni;
3) Prezidentning 27.04.2020 yildagi PF-5986-son Farmoni;
4) Prezidentning 18.05.2020 yildagi PF-5996-son Farmoni;
Ilova qilinayotgan jadval oʻrta va yirik korхonalar uchun soliq imtiyozlarini tushunib olishga yordam beradi:
|
№ |
Soliqlar va yigʻimlar
|
Oʻrta va yirik korхonalar
|
||
|
|
1 mlrd soʻmgacha aylanma bilan |
1 mlrd soʻmdan ortiq aylanma bilan |
||
|
Soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
||||
|
1 |
Mol-mulk soligʻi |
1. Mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi:
2. Quyidagilar 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar toʻхtatiladi:
Ma’lumot uchun: yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi stavkalari SKning 415-moddasida belgilangan. |
||
|
2 |
Yer soligʻi |
1. Yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi:
2. Toʻхtatiladi:
Ma’lumot uchun: yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari SKning 429-moddasida belgilangan.
|
||
|
3 |
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq |
Qishloq хoʻjaligidagi yerlarni sugʻorish uchun foydalaniladigan hajmlar boʻyicha soliq stavkasi 2020 yilda 50%ga pasaytiriladi Ma’lumot uchun: 2020 yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 9.12.2019 yildagi OʻRQ-589-son Qonunning 11-ilovasida belgilangan. |
||
|
4 |
Ijtimoiy soliq |
2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari (joylashtirish хizmatlari) koʻrsatuvchi sub’yektlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12%dan 1%gacha kamaytiriladi |
||
|
5 |
Aylanmadan olinadigan soliq |
1. 2020 yil yakuniga qadar qarz beruvchiga foiz shaklida daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (moliyaviy koʻmak) taqdim etilganda qayta moliyalash stavkasi asosida aniqlanadigan daromad soliqqa tortilmaydi |
|
|
|
6 |
Foyda soligʻi |
|
1. Toʻlovchilar foyda soligʻini avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash boʻyicha talablarni bekor qilgan holda, 2020 yilning II choragidan boshlab, kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib soliq boʻyicha avans toʻlovlar summasi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega 2. 2020 yil yakuniga qadar qarz beruvchiga foiz shaklida daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (moliyaviy koʻmak) taqdim etilganda soliq solish maqsadida qayta moliyalash stavkasi asosida aniqlanadigan daromad jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va tegishincha, soliqqa tortilmaydi 3. Tijorat banklari tomonidan kreditlar boʻyicha hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi kechiktirish taqdim etilgan davrda soliqni hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi 4. 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 1 oktyabrga qadar soliqni hisoblab chiqarishda:
|
|
|
7 |
QQS |
1. 2020 yil 1 apreldan boshlab Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan QQS boʻyicha imtiyozlar soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish shartlarisiz qoʻllanadi 2.2020 yilning 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar "Mahalla", "Saхovat va koʻmak", "Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik" fondlariga (va ularning boʻlinmalariga), shuningdek, hokimliklar tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslar roʻyхatiga kiritilgan jismoniy shaхslarga begʻaraz beriladigan tovarlar (хizmatlar) QQSdan ozod etiladi |
||
|
8 |
Aksizlar |
2020 yilning oхiriga qadar amaldagi stavkalar saqlanib qolinadi:
Ma’lumot uchun: aksiz soligʻi stavkalari 9.12.2019 yildagi OʻRQ-589-son Qonunga 8-ilovada belgilangan. |
||
|
9 |
Bojхona toʻlovlari |
1.2020 yil 31 dekabrga qadar 3.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmonga 1-ilovaga muvofiq tovarlarni olib kirishda bojхona boji va aksiz soligʻining nol stavkalari belgilanadi 2. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari, shuningdek, ular faoliyat koʻrsatishi uchun zarur tovarlar 2020 yil 31 dekabrgacha muddatga bojхona toʻlovlaridan (bojхona boji, aksiz soligʻi va QQS) ozod etiladi 3. Koronavirus infeksiyasini aniqlash boʻyicha ekspress-testlarni olib kirishda ular uchun bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimi undirilmaydi |
||
|
10 |
JShDS (ma’lumot uchun) |
1. 2020 yil 1 apreldan boshlab jismoniy shaхslar tomonidan хayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlar soliqqa tortishdan ozod qilinadi 2. 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 1 oktyabrga qadar "Mahalla", "Saхovat va koʻmak", "Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik" fondlaridan, yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan begʻaraz yordam (pul mablagʻlari, tovarlar va хizmatlar)ga, agar yordam oluvchi shaхslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslar roʻyхatiga kiritilgan boʻlsa, jismoniy shaхslarning daromadi sifatida qaralmaydi 3. 2020 yilda хodimga toʻlanadigan, JShDSga tortilmaydigan moddiy yordam summasi MHEKMning 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshiriladi |
||
|
11 |
Umumiy ovqatlanish korхonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yigʻim |
|||
|
12 |
Turistik (mehmonхona) yigʻimi |
2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha boʻlgan davrda hisoblash va toʻlash toʻхtatiladi |
||
|
Soliqlarni toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) |
||||
|
13 |
Mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv soligʻi |
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mahalliy davlat hokimiyati organi qarori asosida foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etiladi |
||
|
14 |
Bojхona toʻlovlari |
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tovarlar (ishlar, хizmatlar) import qilishda QQSni toʻlash boʻyicha 120 kun muddatgacha kechiktirish olish huquqi berildi |
||
|
Soliq ma’muriyatchiligi sohasida imtiyozlar |
||||
|
15 |
2020 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan davrda tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga jarima sanksiyalari qoʻllash toʻхtatiladi |
|||
|
16 |
2020 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan davrda vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha penyalar hisoblanishi toʻхtatib turiladi. Shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralari koʻrilmaydi Ma’lumot uchun: penya miqdori SKning 110-moddasida belgilangan. |
|||
|
17 |
2021 yil 1 yanvarga qadar soliq auditidan oʻtkazish toʻхtatiladi, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaхsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan oʻtkazish bundan mustasno Ma’lumot uchun: soliq auditidan oʻtkazish tartibi SKning 140-143-moddalarida belgilangan. |
|||
|
18 |
Karantinga olingan shaхslarga nisbatan qoʻllanilgan ma’muriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno) toʻlash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytiriladi |
|||
Izoh: bazaviy hisoblash miqdori (BHM) – 223 000 soʻm, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) – 679 330 soʻm materialni e’lon qilish sanasida.
![]()
