DSQ avtomatik tarzda inkasso qoʻyishni boshladi

preview

Soliq qoʻmitasi soliq qarzdorligi boʻyicha inkasso topshiriqnomalari taqdim etishni avtomatlashtirdi. Ularni endi DSQ markaziy apparatining maxsus dasturiy mahsuloti generatsiya qiladi. Inkasso topshiriqnomasi qoʻyishdan oldin, soliq toʻlash sanasidan keyingi kundan kechiktirmay, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliq majburiyatini bajarish zarurligi toʻgʻrisida talabnoma kelib tushadi.

Inkasso faqat ikkita holatda qoʻyilmaydi:

1) belgilangan toʻlov muddati yetib kelgunga qadar soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda bank hisobvaragʻiga bajarilmagan soliq majburiyati boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi taqdim etilgan boʻlsa;

2) boshqa soliq turi boʻyicha ortiqcha toʻlovi soliq qarzdorligiga teng yoki uni yopadigan miqdorni tashkil etsa.

Eslatib oʻtamiz, SKning 115-moddasiga asosan soliq toʻlovchi bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari bor-yoʻqligidan qat’i nazar, Soliq kodeksda belgilangan toʻlov muddatidan kechiktirmasdan soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etishi shart. Ushbu normani buzganlik uchun javobgarlik belgilangan .

DSQ matbuot xizmatining axborot xabarini havola boʻyicha koʻrishingiz mumkin.

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text160410_dsq_avtomatik_tarzda_inkasso_quyishni_boshladi