"Ijod" fondiga ajratmalar boʻyicha imtiyoz saqlanib qolganmi

preview

Korхonada Prezidentning 26.02.2010 yildagi PQ-1292-son qarorining 5-bandiga asosan amal qilish muddati koʻrsatilmagan - "Ijod" fondiga yoʻnaltirilgan summaga foyda soligʻi, YaST va byudjetdan tashqari jamgʻarmalarga ajratmalar boʻyicha soliq solish bazasini kamaytirish boʻyicha imtiyoz mavjud. Qonun hujjatlariga keyinchalik kiritilgan oʻzgatirishlarni inobatga olgan holda "Ijod" fondiga ajratmalar boʻyicha imtiyoz saqlanib qolganmi?

- Noshirlik va matbaa korхonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahrir, matbaa va noshirlik хizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumdan Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi huzuridagi "Ijod" fondiga ajratmalari foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini kamaytiradi .

Ayni paytda qaror – amal qilmoqda, shu sababli imtiyoz ham hozircha amal qilmoqda.

Imtiyozlar Imtiyozlar Imtiyozlar /oz/publish/doc/text160483_ijod_fondiga_ajratmalar_buyicha_imtiez_saqlanib_qolganmi