Avtomatik tarzda inkasso qoʻyish tizimi qanday ishlaydi

preview

16 iyundan boshlab inkasso topshiriqnomalari markazlashgan ravishda – inson omilini toʻliq istisno etuvchi dasturiy mahsulot yordamida taqdim etiladi va chaqirib olinadi. Bu qanday ishlashi haqida DSQning Soliq qarzini undirishni tashkil qilish boshqarmasi boshligʻi Nodir ERKAYeV gapirib berdi.

- Soliq qarzi boʻyicha inkassoni avtomatlashtirish soliq organlari tomonidan asossiz ravishda soliq toʻlovchilarning bank hisobvaraqlaridan mablagʻlar undirilishini istisno qiladi. Inkasso topshiriqnomasi qoʻyishdan oldin, SKda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatidan keyingi kundan kechiktirmasdan soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga avtomatik ravishda ogohlantirish tarzidagi talabnomani yuboradi. Inkasso topshiriqnomasi toʻlashning soʻnggi kuni oʻtgandan keyin avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Dastur quyidagilarni inobatga oladi:

  • soliq toʻlovchi tomonidan soliqni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasi bankka taqdim etilganligi;
  • boshqa soliq turlari boʻyicha ortiqcha toʻlovning mavjudligi;
  • soliqlarni toʻlash muddatlari kechiktirilganligi yoki Prezident Farmonlari asosida soliq qarzini undirish toʻхtatilganligi.

Agar soliq qarzi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq hajmda soʻndirilgan boʻlsa, dastur inkasso topshiriqnomasini chaqirib oladi.

Buхgalter uchun eslatma:

1. Soliq hisobotini topshirgandan soʻng shaхsiy kabinet orqali soliq qarzi yuzaga kelmaganligiga ishonch hosil qiling.

2. Topshirilgan soliq hisoboti boʻyicha yuzaga kelgan soliq majburiyatlariga SKda belgilangan toʻlov muddatidan kechikmasdan toʻlov topshiriqnomasi taqdim etilishini ta’minlang hamda soliq organi ma’lumotlar bazasiga kelib tushganligini tekshirib koʻring.

Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text160549_avtomatik_tarzda_inkasso_quyish_tizimi_qanday_ishlaydi