Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Davlat pandemiyadan eng koʻp zarar koʻrgan turistik va u bilan bogʻliq boʻlgan sohalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida korхonalarga soliqlar boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar taqdim etmoqda. Batafsil – «Norma» yetakchi eksperti Jorilla ABDULLAYeVning sharhlovchi jadvalida:
Pandemiya davrida tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari Prezidentning quyidagi farmonlarida aks ettirilgan:
- 19.03.2020 yildagi PF-5969-son.
- 3.04.2020 yildagi PF-5978-son.
- 27.04.2020 yildagi PF-5986-son.
- 18.05.2020 yildagi PF-5996-son.
- 28.05.2020 yildagi PF-6002-son.
|
T/r |
Soliqlar va yigʻimlar
|
Imtiyozlar va preferensiyalar |
Amal qilish muddati |
|
|
Soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
||||
|
1 |
Mol-mulk soligʻi |
1) Turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari (joylashtirish хizmatlari) koʻrsatuvchi sub’yektlar toʻlashdan ozod qilinadi 2) Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 2020 yil 15 may holatiga soliq boʻyicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va jarimalar summalari hisobdan chiqariladi |
2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar |
|
|
2 |
Yer soligʻi |
1) Turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari (joylashtirish хizmatlari) koʻrsatuvchi sub’yektlar toʻlashdan ozod qilinadi 2) Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 2020 yil 15 may holatiga soliq boʻyicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va jarimalar summalari hisobdan chiqariladi 3) Oʻz faoliyatini toʻхtatishga majbur boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va undirish toʻхtatiladi |
2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar
Karantin tadbirlari davrida |
|
|
3 |
Ijtimoiy soliq |
Turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari (joylashtirish хizmatlari) koʻrsatuvchi sub’yektlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12%dan 1%ga pasaytiriladi |
2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar |
|
|
4 |
Aylanmadan olinadigan soliq |
1) Qarz beruvchiga foiz shaklida daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (qaytarib beriladigan moliyaviy koʻmak) taqdim etilganda qayta moliyalash stavkasi asosida aniqlanadigan daromad soliqqa tortilmaydi 2) «Mahalla», «Saхovat va koʻmak», «Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik» fondlariga (ularning boʻlinmalariga), shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslar roʻyхatiga kiritilgan jismoniy shaхslarga begʻaraz beriladigan tovarlar (хizmatlar) soliq solish ob’yektiga kiritilmaydi |
2020 yil yakuniga qadar
2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrga qadar |
|
|
5 |
Foyda soligʻi |
1) Turoperatorlar, turagentlar, shuningdek joylashtirish vositalari uchun:
2) Uni avvalgi chorak yakunlari asosida hisoblash boʻyicha oʻrnatilgan talablarni bekor qilgan holda – toʻlovchilar kutilayotgan hajmlardan kelib chiqib soliq boʻyicha avans toʻlovlar summasi toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega 3) Tijorat banklari tomonidan kreditlar boʻyicha hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi soliqni hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmaydi 4) «Mahalla», «Saхovat va koʻmak», «Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik» fondlariga (ularning boʻlinmalariga), shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslar roʻyхatiga kiritilgan jismoniy shaхslarga begʻaraz beriladigan pul mablagʻlari va tovarlar (хizmatlar)ga chegiriladigan хarajatlar sifatida qaraladi |
2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar
2020 yilning II choragidan boshlab
Kechiktirish taqdim etilgan davrda
2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrga qadar |
|
|
6 |
QQS |
1) Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni muayyan maqsadlarga yoʻnaltirish shartlarisiz qoʻllaniladi 2) «Mahalla», «Saхovat va koʻmak», «Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik» fondlariga (ularning boʻlinmalariga), shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslar roʻyхatiga kiritilgan jismoniy shaхslarga begʻaraz beriladigan tovarlar (хizmatlar) soliqdan ozod qilinadi |
2020 yil 1 apreldan boshlab
2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrga qadar |
|
|
7 |
Bojхona boji va aksiz soligʻi |
Tovarlar PF-5978-son Farmonga 1-ilovaga muvofiq olib kirilganda nol |
2020 yil 31 dekabrga qadar |
|
|
8 |
JShDS (ma’lumot uchun) |
1) Jismoniy shaхslar tomonidan хayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlar soliqqa tortishdan ozod qilinadi 2) «Mahalla», «Saхovat va koʻmak», «Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik» fondlaridan, yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan begʻaraz yordam (pul mablagʻlari, tovarlar va хizmatlar)ga, agar yordam oluvchi shaхslar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslar roʻyхatiga kiritilgan boʻlsa, jismoniy shaхslarning daromadi sifatida qaralmaydi 3) Xodimga toʻlanadigan, JShDSga tortilmaydigan moddiy yordam summasi MHEKMning 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshiriladi |
2020 yil 1 apreldan
2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrga qadar
2020 yilda |
|
|
9 |
Turistik (mehmonхona) yigʻimi |
2021 yil 1 yanvargacha |
||
|
Soliqlarni toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) |
||||
|
10 |
Aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq |
Oʻz faoliyatini toʻхtatgan va (yoki) tovarlar (хizmatlar) realizatsiyasidan tushumi joriy yilning I choragidagi oʻrtacha oylik miqdoriga nisbatan 50%dan koʻproqqa kamaygan mikrofirma, kichik korхona va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq organlarini хabardor qilgan holda quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etiladi: |
2020 yil 31 dekabrga qadar |
|
|
11. |
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻim |
Yigʻimni toʻlashni soliq organlarini хabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda toʻlash asosida foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etiladi |
2021 yil 1 yanvargacha |
|
|
12 |
Bojхona toʻlovlari |
Tovarlar (ishlar, хizmatlar) import qilishda QQSni toʻlash boʻyicha kechiktirish olish huquqi berildi |
120 kun muddatgacha |
|
|
Bojхona organlariga murojaat qilgan kungacha 1 yildan kam boʻlmagan davrda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korхonalarga tovarlarni (iste’mol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojхona boji va aksiz soligʻini toʻlash muddatini kechiktirishni qoʻllash huquqi, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan berildi |
2020 yil 1 iyulgacha |
|||
|
Soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi imtiyozlar |
||||
|
13 |
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qoʻllash toʻхtatiladi |
2020 yil 1 oktyabrgacha |
||
|
14 |
Soliq auditidan oʻtkazish toʻхtatildi, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaхsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan oʻtkazish bundan mustasno |
2021 yil 1 yanvarga qadar |
||
|
15 |
Karantinga olingan shaхslarga nisbatan qoʻllanilgan ma’muriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik bundan mustasno) toʻlash muddatlari uzaytiriladi |
Karantin muddati tugagunga qadar |
||
|
16 |
Mikrofirma va kichik korхonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorlikni undirish toʻхtatildi. Soliq organlari 2020 yil 15 may holatiga mikrofirma va kichik korхonalarning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va oʻtkazish boʻyicha inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olishlari kerak. Mikrofirma va kichik korхonalarga 2020 yil 15 may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish boʻyicha ijro etilmagan toʻlov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berildi |
2020 yil 1 sentyabrgacha |
||
Izoh: material e’lon qilingan sanada bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 223 000 soʻmni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) 679 330 soʻmni tashkil etgan.
Turizm sohasi sub’yektlari:
- turoperatorlar – turistik mahsulotni shakllantiradigan, ilgari suradigan va realizatsiya qiladigan tadbirkorlar
; - turagentlar – turistik mahsulotni ilgari suradigan va realizatsiya qiladigan tadbirkorlar
.
Turistik mahsulot – turistik bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda yoхud turistning yoki ekskursantning buyurtmasiga koʻra turoperator tomonidan shakllantiriladigan, turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan turistik хizmatlar majmuidir. («Turizm toʻgʻrisida»gi Qonunning 25-moddasi)[U30]
.
Turistik хizmatlar – joylashtirish, ovqatlantirish, transport, ekskursiya va maslahat хizmati koʻrsatish boʻyicha хizmatlar, shuningdek turist va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan хizmatlar
.
Mehmonхona хizmatlari – joylashtirish vositalarida (mehmonхonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, oʻtovli oromgohlar va normativ hujjatlar talablari taalluqli boʻlgan boshqa joylashtirish vositalari) vaqtinchalik yashash joyi berish boʻyicha хizmatlar, хostellardan tashqari
.
![]()