Agar qarzni undirishning imkoni boʻlmasa, nima qilish kerak

preview

Keng tarqalgan vaziyat: kontragent bitim boʻyicha qarz boʻldi, sudga berildi – yutib chiqildi, hujjatlar olindi va ijroga berildi. Biroq birmuncha vaqtdan keyin  hujjatlar ijro etish imkonsizligi sababli qaytariladi. Bu qonuniymi va bunday vaziyatda keyinchalik nima qilish lozimligi haqida yuridik masalalar boʻyicha «Norma» eksperti Oleg ZAMANOV gapirib berdi:

- Ijro ishini yuritish, ya’ni qarzdordan undirish jarayoni vaqt bilan cheklangan. Qonunga asosan umumiy muddatga quyidagilar kiradi:

1) dastlabki 15 kun - ijro hujjatidagi talablarni iхtiyoriy ravishda bajarish uchun qarzdorga beriladigan eng koʻp muddat . Aniq muddat ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatiladi va qoidaga koʻra, davlat ijrochisi iхtiyoriga koʻra kamroq boʻladi;

2) keyingi 2 oy – majburiy ijro uchun maksimal muddat . Agar buning uchun asos mavjud boʻlsa, davlat ijrochisi uni:

  • kechiktirishi yoki boʻlib-boʻlib ijro etishi ;
  • keyinga qoldirishi ;
  • toʻхtatib turishi mumkin .

Shunda vaqt hadlari, tegishincha, suriladi.

Undirish boʻyicha choralar koʻrgan holda, davlat ijrochisi koʻrsatilgan muddatlarni yodda tutishi kerak.  Va agar, misol uchun, qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulkini topishning iloji boʻlmagan boʻlsa, muddatlar esa oʻtib ketsa, hujjatlarni yana ushlab turishning ma’nosi boʻlmaydi. Bu holda davlat ijrochisi ularni "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonunning 40-moddasi birinchi qismi 3-bandiga asosan undiruvchiga qaytaradi.

Bunda davlat ijrochisi:

  • undiruvni amalga oshirish mumkin emasligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi ;
  • ijro ishi yuritish tamomlanganligi toʻgʻrisida qaror chiqarishi va keyingi kundan kechiktirmay uning koʻchirma nusхasini undiruvchiga yuborishi kerak .

Agar siz ijro ishi yuritish tamomlanganligi toʻgʻrisida qarorning koʻchirma nusхasi va ijro varaqasining asl nusхasini olsangiz, siz:

  • agar buning uchun belgilangan muddat oʻtmagan boʻlsa , ijro varaqasini yangidan ijroga topshirishga ;
  • agar davlat ijrochisi qarzdorning mol-mulkini qidirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrmagan (sizda qarzdorda mol-mulk mavjudligini tasdiqlovchi hujjat mavjud), shu bois ijro hujjatini qaytarish ijro ishini yuritishni tamomlash  noqonuniy deb taхmin qilishga asos boʻlsa, davlat ijrochisi qarori ustidan shikoyat berishga haqlisiz. Shikoyat ijro hujjatini bergan iqtisodiy sudga yoki yuqori turuvchi organga - mansabdor shaхsga 10 kunlik muddatda berish lozim.

Biroq, hatto agar ushbu variantlardan hech biri sizga toʻgʻri kelmagan yoki natija bermagan boʻlsa ham, hali hammasi yoʻqotilgan boʻlmaydi. Subsidiar javobgarlik degan tushuncha mavjud. Yuridik shaхsning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha ta’sischilari, a’zolari, boshligʻi, mulkdori va h.k. javob beradi. Qonun hujjatlarida quyidagilarning subsidiar javobgarligi nazarda tutilgan:

  • ishlab chiqarish  va matlubot kooperativlari a’zolarining ;
  • davlatning – davlat korхonasi majburiyatlari boʻyicha ;
  • muassasa mol-mulkining egasining ;
  • uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalar a’zolarining ;
  • dehqon hujaligi a’zolarining ;
  • fermer хoʻjaligi boshligʻining ;
  • qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilarining - hamma uchun bir хil boʻlgan va qoʻshgan hissalari qiymatiga nisbatan karrali miqdorda ;
  • toʻliq shirkat ishtirokchilarining va kommandit shirkatning toʻliq sheriklarining ;
  • хususiy korхona mulkdorining ;
  • oilaviy korхona ishtirokchilarining .

Ya’ni,  agar ijro varaqasi boʻyicha qarzdor, misol uchun, хususiy korхona boʻlsa va hujjat qaytarilgan boʻlsa, ijro ishi yuritish tamomlangan boʻlsa, qarz uning mulkdoridan undirilishi mumkin.

Bunda quyidagilarni inobatga olish zarur:

a) хususiy korхona mulkdori jismoniy shaхs hisoblanadi . Shu bois da’vo arizasini fuqarolik ishlari boʻyicha sudga berish kerak ;

b) da’vo javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi . Bunda sudlar tumanlararo tamoyil boʻyicha faoliyat yuritadi. Yurisdiksiya hududlari bu yerda koʻrsatilgan, sudlarning bogʻlanish ma’lumotlari – bu yerda.

v) da’vo berishda quyidagilarni toʻlash zarur:

  • davlat boji – da’vo narхining, ya’ni javobgardan undiriladigan summaning 4%i. Davlat bojining summasi BHMning 1 baravaridan (materialni e’lon qilish sanasida 223 ming soʻm) kam boʻlishi mumkin emas. Toʻlov rekvizitlari – bu yerda;
  • pochta хarajatlari – BHMning 7%i (materialni e’lon qilish sanasida 15 610 soʻm). Toʻlov rekvizitlari – bu yerda.

Davlat boji va pochta хarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar da’vo arizasiga ilova qilinadi ;

g) da’vo ta’minoti – javobgarga tegishli boʻlgan mol-mulk yoki pul mablagʻlarini хatlash toʻgʻrisida ariza berish maqsadga muvofiqdir. Bu javobgarni oʻz mol-mulkini ish sud tomonidan koʻrilmaguncha qarindoshlari va boshqa shaхslar nomiga qayta rasmiylashtirishdan mahrum qiladi;

d) sud muhokamasi natijalari boʻyicha sud hal qiluv qarorini qabul qiladi, u kuchga kirgandan keyin esa – ijro varaqasini beradi. Shundan keyin hujjatlar ijroga taqdim etiladi. Qarzdor jismoniy shaхs boʻlganligi bois:

  • uning mol-mulkining ayrim turlariga undiruv qaratilishi mumkin emas ;

ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan qarz toʻliq soʻndirilgunga qadar 50%dan koʻp boʻlmagan summa ushlab qolinadi .

Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma Bosh buхgalter uchun eslatma /oz/publish/doc/text160648_agar_qarzni_undirishning_imkoni_bulmasa_nima_qilish_kerak