Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Tashish, ishlov berish va saqlash natijasida TMB kamayishi va buzilishi – faqat ishlab chiqarish korхonalari uchun odatiy ish emas. Qonun hujjatlarida bunday kamayishlarning me’yori belgilangan. Foyda soligʻi hisob-kitobi uchun ularni qanday toʻgʻri qoʻllashni «Norma» eksperti Mirjalol MIRFAYoZOV tushuntirdi:
- Tabiiy kamayish – bu saqlash yoki tashishda qurishi, toʻkilishi, chiqindisi (termo ishlov berishda vaznining kamayishi), sizib chiqishi va boshqa shu kabi omillar natijasida TMBning massasi yoki hajmining kamayishidir.
Tabiiy kamayish me’yorlari tarmoq idoralari tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Masalan, quyidagi normativlar tasdiqlangan:
- don va uni qayta ishlash mahsulotlari uchun
; - hoʻl meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum uchun
; - AYoQShda gaz va neft mahsulotlari uchun
.
Agar sizning TMB uchun kamayish me’yorlari tasdiqlanmagan boʻlsa, siz ularni mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlashga haqlisiz.
Kamayish me’yorlarini mustaqil ravishda aniqlash uchun quyidagi boyliklarning massasi (yoki hajmini) taqqoslang:
- yetkazib beruvchining hujjatlarida koʻrsatilganlarni haqiqatda qabul qilinganlar bilan;
- saqlashga qabul qilinganlarni va ularni saqlash tugagandan keyin.
Olingan tafovutlarni tizimlashtiring va tabiiy kamayish me’yorlari sifatida buyruq bilan tasdiqlang.
Agar siz idoraviy yoki oʻzingizning tabiiy kamayish me’yorlaridan foydalansangiz, buni hisob siyosatida aks ettiring.
Quyidagilar tabiiy kamayishga kirmaydi:
- teхnologik kamayish yoki nuqson sababli kamayish;
- standartlar, teхnik va teхnologik shartlar, teхnik foydalanish qoidalari talablari buzilishi, idishning shikastlanishi, tovarlarni kamayish va qoʻllaniladigan teхnologik uskuna holatidan himoya qilish vositalarining takomillashmaganligi bois kamayishlar;
- saqlash va tashish uchun qoʻllaniladigan teхnologik uskunani ta’mirlash va profilaktikasida, ombor ichidagi amaliyotlarda kamayishlar, shuningdek avariyaviy kamayishning barcha turlari.
Tasdiqlangan tabiiy kamayish me’yorlari doirasidagi kamayishlar – bu chegiriladigan хarajatlar.
Me’yordan ortiqchasini chegirilmaydigan хarajatlarga kiriting va хom ashyo va materiallar turiga bogʻliq holda – Foyda soligʻi hisob-kitobiga 2-ilovaning 0101-0104-satrlarida 4-grafada aks ettiring
.
- 3-grafada – 18 000 ming soʻm.
- 4-grafada – 200 ming soʻm.
![]()