Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Soliq qoʻmitasining ishontirishicha, QHTBT portalida joylashtirilgan MJTKga tuzatishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi tovarlar narхini hamda koʻrsatilayotgan хizmatlar haqini (naqd pul yoki plastik kartochkalar boʻyicha) toʻlash shakliga qarab ularni sun’iy ravishda oshirganlik yoki pasaytirganlik uchun yangi jarimalarni joriy qilishga olib kelmaydi.
Idoraning tushuntirishicha, mazkur huquqbuzarlik uchun BHMning 30 baravari miqdorida jarimani nazarda tutuvchi norma 2017 yil 15 fevralda Prezidentning PQ-2777-son qarori bilan joriy etilgan. Haligacha Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilmaganligiga qaramasdan, u amal qilishda davom etmoqda. Bu kamchilikni tuzatish uchun muhokama qilinayotgan qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
DSQning ta’kidlashicha, hujjat loyihasi bilan jarimani kamaytirish ham, oshirish ham nazarda tutilmagan.
Xabarning toʻliq matnini bu yerda koʻrish mumkin.
![]()