Hisobotlar qayta topshirilganda: 45-son хato nimani anglatadi

preview

Hisobotlarni qayta topshirayotganda tizim 45 kodli хatoga yoʻl qoʻyilganini koʻrsatadi. DSQning Kameral nazorat boshqarmasi boshligʻi Baхtiyor IBROHIMOV u nimani anglatishini tushuntirib berdi:


– Soliq summasini kamaytirib, hisob-kitobni qayta topshirayotganda tizim хato kodi 45 deb koʻrsatsa, bu soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etganini anglatadi.

Soliq toʻlovchi 2019 yil aprel oyi uchun QQS boʻyicha hisob-kitobni topshirgan deylik. Hisoblangan soliq summasi 100 mln soʻmni tashkil etgan. Kameral nazorat yakunlariga koʻra soliq toʻlovchi oshirish uchun hisob-kitobni qayta topshirgan, hisoblangan summa 130 mln soʻmni tashkil etgan.

Soliq toʻlovchi kamaytirish uchun 120 mln soʻmlik (120 – 130 = – 10 mln soʻm) hisobotni yana qayta topshirsa, tizim хato kodini 45 deb koʻrsatadi.

Bu holda soliq organiga soliq summasini kamaytirish uchun asoslar ilova qilingan tushuntirishlarni taqdim etish lozim.

Soliq toʻlovchilar uni yozma shaklda taqdim etishga yoki soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali elektron hujjat koʻrinishida yoʻllashga haqlilar.

Havola orqali oʻtib, tushuntirishning toʻliq matni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text160956_hisobotlar_qayta_topshirilganda_45-son_hato_nimani_anglatadi