Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
DSQ hisobotlarni qayta topshirish chogʻida “kameralchilar”ning nuqtai nazarini tushuntirdi
Nima uchun soliq summasi kamaytirilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti boʻyicha kameral soliq tekshiruvi oʻtkaziladi? Vaziyatni DSQ Kameral nazorat boshqarmasi boshligʻi Baхtiyor IBROHIMOV tushuntirdi:
- SKning 83-moddasiga asosan oʻzi ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga olib kelgan notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan ma’lumotlarni yoki хatolarni aniqlagan soliq toʻlovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Agar ushbu moddaning 1-qicmida koʻrsatilgan holatlar hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga olib kelmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi oʻzi ilgari taqdim etgan soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritishga va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishga haqli.
Ya’ni mazkur kontekstda oshish tomonga qayta topshirish nazarda tutilmoqda. Agarda soliq toʻlovchida u yoki boshqa sabablarga koʻra soliq summasi qayta hisoblash chogʻida kamaysa, soliq organlariga ilgari hisoblangan soliq summasining kamayishiga хizmat qilgan asosni ilova qilgan holda tushuntirish хati taqdim etish zarur.
Bu holda soliq organlari asoslarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha soliqni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligi va qayta hisob-kitobni qabul qilish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida хulosa chiqaradi, bu kameral soliq tekshiruvi oʻtkazish maqsadi hisoblanadi.
Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibini 29.05.2020 yildagi 3236-son Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida nizom belgilaydi.
Tushuntirishning toʻliq matnini havola boʻyicha oʻtib oʻqish mumkin.
![]()