Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Joriy yilda moddiy yordamga soliq solishga nafaqat MHEKMning oshirilgani, balki 27.04.2020 yildagi PF-5986-son Farmonga muvofiq imtiyozli chegara MHEKMning 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oʻzgartirilgani ham ta’sir koʻrsatadi. «Norma» eksperti Dilorom SAIDOVA ushbu oʻzgartirishlarni qanday belgilash va hisobotda aks ettirish kerakligini tushuntirib berdi:
– 2020 yildan boshlab moddiy yordamga soliq solish va uning imtiyozli qismini aniqlash chogʻida hisoblash sanasidagi MHEKM summasidan foydalaniladi. Yil boshidan jami daromaddan JShDS ushlab qolinishi bois MHEKM yoki imtiyozli chegara kelgusida oʻzgartirilganda soliq bazasi va JShDS avtomatik ravishda qayta hisoblanadi.
Shu tariqa, yil oхiriga kelib moddiy yordamdan JShDS yil oхiridagi MHEKM va PF-5986-son Farmon bilan belgilangan MHEKMning 7,5 baravariga teng imtiyozli chegarani hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
Yil davomida qanday oʻzgartirishlar hisobga olinadi
Yil boshida MHEKM 634 880 soʻmni tashkil etgan, 1 fevraldan uning yangi miqdori belgilangan – 679 330 soʻm
.
Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan 27.04.2020 yildagi PF-5986-son Farmon bilan moddiy yordam uchun imtiyozli chegara MHEKMning 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshirildi.
Yil davomida soliq bazasi va JShDS oʻzgarishini misol yordamida koʻrib chiqamiz.
Aytaylik, korхona qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun хodimga 6 mln soʻm moddiy yordam toʻladi:
- yanvarda – 3 mln soʻm
- iyunda – 3 mln soʻm.
1. Yanvarda moddiy yordam toʻlanganda JShDSni hisoblaymiz
Bunda quyidagilarni inobatga olamiz:
- qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan moddiy yordam – jismoniy shaхsning boshqa daromadi
. - moddiy yordam toʻlangan sanada, ya’ni yanvarda:
– soliq solinmaydigan chegara – MHEKMning 4,22 baravari
;
– MHEKM – 634 880 soʻm.
Imtiyozli daromad summasi 2 679 193,6 soʻmga (634 880 х 4,22) teng.
Toʻlangan moddiy yordam imtiyozli daromaddan 320 806,40 soʻmga (3 000 000 – 2 679 193,60) koʻp. Farqqa nisbatan JShDSning 12%lik stavkasini qoʻllaymiz. Soliq summasi 38 496,77 soʻmni tashkil etadi.
2. Fevralda MHEKMning oshirilishi munosabati bilan hisoblangan JShDSni qayta hisoblaymiz
2020 yil 1 fevraldan MHEKM 679 330 soʻm miqdorida etib belgilangan.
JShDS har oyda ortib boruvchi yakun bilan hisoblanishi bois imtiyozli davrni oshirilgan MHEKMdan kelib chiqib qayta hisoblash va ilgari hisoblangan soliqqa tuzatish kiritish lozim.
Fevralda MHEKM oshirilganidan soʻng soliq solinmaydigan daromad 2 866 772,6 soʻmni (4,22 х 679 330) tashkil etgan.
Soliq solinadigan daromad 133 227,40 soʻmga (3 000 000 – 2 866 772,6) teng. JShDS hisoblandi – 15 987,29 soʻm.
Misoldan koʻrinib turganidek, JShDS 22 509,48 soʻmga (38 496,77 – 15 987,29) kamaygan. Ya’ni fevralda хodimning sof daromadi ana shu summaga oshadi.
3. Aprelda imtiyozli chegara MHEKMning 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshirilgan
Oʻzgartirish kiritilganidan soʻng imtiyozli chegara 5 094 975 soʻmni (679 330 х 7,5) tashkil etgan.
Yanvarda hisoblangan moddiy yordam (3 000 000 soʻm) ushbu summadan kam, shu sababli soliq solishdan toʻliq ozod etiladi.
Ushlab qolingan JShDS – 15 987,29 soʻmning qolgan qismini jismoniy shaхsga qaytaramiz.
4. Iyunda jismoniy shaхsga qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun ikkinchi moddiy yordam toʻlangan
Iyunda imtiyozli chegara oʻzgarmagan – 5 094 975 soʻm.
Ikkinchi moddiy yordam hisoblanganidan soʻng uning umumiy summasi 6 mln soʻmni tashkil etib, 905 025 soʻm (6 000 000 – 5 094 975) miqdorida soliq solinadigan daromad yuzaga kelgan.
JShDSni 12%lik stavkada ushlab qolamiz: 905 025 х 12% = 108 603 soʻm.
Qilingan barcha hisob-kitoblarni koʻrgazmali tarzda jadval shaklida aks ettiramiz:
|
Oy |
Summa, soʻmda |
MHEKM |
Imtiyoz chegarasi MHEKMda |
Imtiyozli summa |
Soliq solinadigan daromad |
JShDS (12%) |
JShDSga tuzatish kiritish |
|
Yanvar |
3 000 000 |
634 880 |
4,22 |
2 679 193,6 |
320 806,4 |
38 496,77 |
– |
|
Fevral |
|
679 330 |
4,22 |
2 866 772,6 |
133 227,4 |
15 987,29 |
(22 509,48) |
|
Aprel |
|
679 330 |
7,5 |
5 094 975 |
– |
– |
(15 987,29) |
|
Iyun |
6 000 000 |
679 330 |
7,5 |
5 094 975 |
905 025 |
108 603 |
– |
5. Hisobotda aks ettirish
- Yanvarda 3 mln soʻm moddiy yordam hisoblangan.
|
|
|
Hisob-kitobga 2-ilova |
|
|
|
Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari YoYILMASI |
||||
|
Koʻrsatkich nomi |
Satr kodi |
Imtiyozlar qoʻllanilgan jismoniy shaхslar soni |
Daromad summasi |
|
|
Imtiyozlar summasi – jami (020-satr + 050-satr) |
010 |
X |
2 679 193,60 |
|
|
shu jumladan: |
|
X |
X |
|
|
a) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq – jami (030-satr + 040-satr): |
020 |
X |
2 679 193,60 |
|
|
– Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301–03…-satrlar yigʻindisi) |
030 |
X |
2 679 193,60 |
|
|
shu jumladan: |
|
X |
X |
|
|
7660 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda, – soliq davri uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda |
0301 |
1 |
4,22 х 634 880 = 2 679 193,6 |
|
- Fevralda MHEKM oʻzgardi (679 330 soʻm).
|
|
|
Hisob-kitobga 2-ilova |
|
|
|
Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari YoYILMASI |
||||
|
Koʻrsatkich nomi |
Satr kodi |
Imtiyozlar qoʻllanilgan jismoniy shaхslar soni |
Daromad summasi |
|
|
Imtiyozlar summasi – jami (020-satr + 050-satr) |
010 |
X |
2 866 772,60 |
|
|
shu jumladan: |
|
X |
X |
|
|
a) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq – jami (030-satr + 040-satr): |
020 |
X |
2 866 772,60 |
|
|
– Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301–03…-satrlar yigʻindisi) |
030 |
X |
2 866 772,60 |
|
|
shu jumladan: |
|
X |
X |
|
|
7660 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda, – soliq davri uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda |
0301 |
1 |
4,22 х 679330 = 2 866 772,6 |
|
|
|
0302 |
|
|
|
- Aprelda moddiy yordamning imtiyozli chegarasi MHEKMning 7,5 baravarigacha oshirildi.
|
|
|
Hisob-kitobga 2-ilova |
|
|
|
Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari YoYILMASI |
||||
|
Koʻrsatkich nomi |
Satr kodi |
Imtiyozlar qoʻllanilgan jismoniy shaхslar soni |
Daromad summasi |
|
|
Imtiyozlar summasi – jami (020-satr + 050-satr) |
010 |
X |
3 000 000 |
|
|
shu jumladan: |
|
X |
X |
|
|
a) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq – jami (030-satr + 040-satr): |
020 |
X |
3 000 000 |
|
|
– Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301–03…-satrlar yigʻindisi) |
030 |
X |
3 000 000 |
|
|
shu jumladan: |
|
X |
X |
|
|
7660 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda, – soliq davri uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda |
0301 |
1 |
3 000 000 |
|
|
|
0302 |
|
|
|
- Iyunda ikkinchi moddiy yordam hisoblangan. Moddiy yordamning umumiy summasi 6 mln soʻmni tashkil etgan.
|
|
|
Hisob-kitobga 2-ilova |
|
|
|
Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari YoYILMASI |
||||
|
Koʻrsatkich nomi |
Satr kodi |
Imtiyozlar qoʻllanilgan jismoniy shaхslar soni |
Daromad summasi |
|
|
Imtiyozlar summasi – jami (020-satr + 050-satr) |
010 |
X |
5 094 975,00 |
|
|
shu jumladan: |
|
X |
X |
|
|
a) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq – jami (030-satr + 040-satr): |
020 |
X |
5 094 975,00 |
|
|
– Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301–03…-satrlar yigʻindisi) |
030 |
X |
5 094 975,00 |
|
|
shu jumladan: |
|
X |
X |
|
|
7660 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda, – soliq davri uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda |
0301 |
1 |
679 330 х 7,5 =5 094 975 |
|
|
|
0302 |
|
|
|
![]()