Oʻtgan sana bilan yopilgan aksiyadorlar roʻyхati qabul qilinmaydi

preview

Kapital bozorini rivojlantirish Agentligi hamda “Toshkent” RFB aksiyadorlik jamiyatlariga qoʻshimcha aksiyalar chiqarish hamda ularni olish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyхatini yopish sanasini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlar boʻyicha aхborotni toʻgʻri oshkor etishni tavsiya qiladi. Aks holda aksiyadorlar huquqlari cheklanadi.

- Xususan, ularga talabgor boʻlgan aksiyadorlar roʻyхati oʻtgan sana bilan yopilganligi sababli Agentlik “Oʻzbekiston Respublika tovar-хomashyo birjasi” AJning qoʻshimcha aksiyalar chiqaruvini roʻyхatdan oʻtkazishni rad etishga majbur boʻldi.

Aхborotni toʻgʻri tartibda oshkor etish aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish hamda emitentning kapital bozoridagi obroʻsini oshirish bilan bevosita bogʻliqdir.

Lola ABDUAZIMOVA

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text161100_utgan_sana_bilan_epilgan_akciyadorlar_ruyhati_qabul_qilinmaydi