DSQ «bolalar» nafaqasiga soliq solish boʻyicha oʻz pozitsiyasini tushuntirib berdi

preview

DSQ buxgalter.uz portaliga yuborilgan quyidagi savollarga javoban 2 yoshga tlgunga qadar bolani parvarishlash nafaqasi summasiga JShDS boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani sharhlab berdi: 1. 2020 yil aprel-iyun oylari uchun ushbu nafaqalarga JShDS solinishi lozimmi? 2. Ushbu davrda nafaqalarga JShDS solingan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilish va toʻlangan summalarni byudjetdan olish mumkinmiDSQning Soliq solish boʻyicha maslahatlar boshqarmasi boshligʻi Aziz XOShIMOVning ushbu savollarga javobi idoraning Telegram-kanalida e’lon qilingan:

– Yangi tahrirdagi SKning 369-moddasiga muvofiq ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqa, хususan, – bola tugʻilganda toʻlanadigan homiladorlik va tugʻish nafaqasi JShDSni hisoblashda jami daromadga kiritilmaydi.

Boshqa nafaqalar va toʻlovlar, aynan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga toʻlanadigan nafaqalar hamda 2 yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash nafaqasi ham qonun hujjatlarida belgilangani, Soliq kodeksida JShDSni hisoblashda jami daromadga kiritilmaydigan toʻlovlar sifatida aks ettirilmaganini inobatga olgan holda, Prezidentning 20.07.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub’yektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va хizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6029-son Farmoni bilan aniqlashtirilishicha, ushbu nafaqalarga JShDS solinmaydi.

Ushbu toʻlovlar boʻyicha ilgari (shu jumladan 2020 yil 1 apreldan) ushlab qolingan va oʻtkazilgan JShDS summalari qayta hisob-kitob qilinadi hamda keyinchalik ushbu nafaqalarni oluvchiga toʻlash uchun soliq agentiga qaytariladi.

Xabarning matni – bu yerda.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text161162_dsq_bolalar_nafaqasiga_soliq_solish_buyicha_uz_poziciyasini_tushuntirib_berdi