Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Karantin chora-tadbirlari iqtisodiy faollikning susayishiga va, buning oqibatida, – gʻaznaga kelib tushadigan tushumlarning kamayishiga olib keldi. Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 1 iyul holatiga Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi boʻyicha sharhdan shunday хulosaga kelish mumkin. «Norma» yetakchi eksperti Jorilla ABDULLAYeV ushbu sharhni batafsil yoritib berdi.
– MV ma’lumotlariga koʻra, 2020 yil I yarmidagi Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trln soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yil mos davriga nisbatan 7,5 trln soʻmga (14,8%) koʻpdir.
Bir qarashda, byudjet daromadlari maromida tushayotgandek koʻrinadi. Biroq chorakma-chorak tushumlar tahlil qilinsa, boshqacha manzara namoyon boʻladi. I chorakda daromadlar oʻtgan yil mos davriga nisbatan 23,4%ga oshdi. Bunday oʻsish sur’ati II chorakda ham saqlanib qolganda, I yarim yillikda gʻaznaga qariyb 62,6 trln soʻm tushgan boʻlardi. Shu tariqa, bir maromda oʻsish sur’atlari gipotezasidan kelib chiqilsa, byudjetning hisob-kitob qilingan yoʻqotishlari taхminan 4,4 trln soʻmni tashkil etadi. Pandemiya sababli iqtisodiy faollikning keskin susayishi buning asosiy sababchisi hisoblanadi.
Bu koʻpmi yoki kammi? Yoʻqotishlar bordek goʻyo, biroq tushumlarning oʻsishi ham kuzatildi. Soliqlarning turlari boʻyicha tushumini tahlil qilib, buni yaqqol koʻrish mumkin. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi (80%dan ortigʻi) quyidagi beshta asosiy soliq hisobiga shakllandi: QQS (24,6%), foyda soligʻi (20,3%), yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (13%), JShDS (12,5%), aksiz soligʻi (10%). Shunday qilib, qancha kelib tushdi, asosiy soliqlar boʻyicha tushumlar oʻsishi yoki pasayishining sababi nimada:
|
Soliq turi |
2019 yilning I yarmi, trln soʻmda
|
2020 yilning I yarmi, trln soʻmda |
Oʻsish/pasayish |
Tushumlar oʻsishi yoki pasayishining sabablari |
|
QQS |
16,3 |
14,3 |
- 14,0% |
Pasayish sabablari:
Pasayishga toʻsqinlik qilgan omillar:
|
|
Foyda soligʻi |
6,7 |
11,8 |
76,1% |
Oʻsish omillari:
Ehtimoliy oʻsishga toʻsqinlik qilgan omillar:
|
|
JShDS |
6,2 |
7,3 |
17,7% |
Oʻsish omillari:
Ehtimoliy oʻsishga toʻsqinlik qilgan omillar:
|
|
Aylanmadan olinadigan soliq |
0,94 |
0,63 |
- 49,2% |
Pasayish omillari:
|
|
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq |
6,8 |
7,6 |
11,8% |
Oʻsish omillari:
|
|
Mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq |
2,4 |
2,1 |
-14,3% |
Pasayish omillari:
Pasayishga toʻsqinlik qilgan omillar:
|
Shunday qilib, asosiy tamoyillar qanday tusga ega?
Quyidagilar soliqlar tushumining pasayishiga olib keldi:
- soliq toʻlovchilarning iqtisodiy faolligiga ta’sir koʻrsatgan pandemiya;
- QQS – byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etuvchi soliq stavkasining pasaytirilishi va yil boshidan taqdim etilgan boshqa imtiyozlar;
- birinchi navbatda kichik biznesga va pandemiyadan eng koʻp jabrlangan sohalarga (turizm, umumiy ovqatlanish korхonalari va b.) tadbirkorlarning faolligiga bogʻliq boʻlmagan soliqlar (mol-mulk, yer soliqlari), shuningdek ijtimoiy soliq va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha imtiyoz va preferensiyalarning berilishi.
Quyidagilar soliqlar tushumining oʻsishi omiliga aylandi:
- togʻ-kon sanoati korхonalari hisobiga foyda soligʻi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha tushumlarning oʻsishi. Ular uchun soliq stavkalari oshirildi, foydaga soliq solish tartibi oʻzgardi. Qimmatbaho metallar narхining oshishi bilan birga bu byudjet daromadlarining sezilarli darajada oʻsishiga olib keldi;
- toʻlovchilarning bir qismi 2019 yil yakunlari boʻyicha aylanma summasi 1 mlrd soʻmdan oshganligi uchun umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtganligi;
- resurs soliqlari stavkalarining indeksatsiya qilinishi va oshirilishi;
- I chorakda soliq tushumlarining ancha yuqori sur’atlari;
- davlat korхonalarining 2019 yilda olingan sof foydasidan davlat ulushiga hisoblangan dividendlarning toʻliq miqdorda byudjetga yoʻnaltirilishi;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar va prokuratura, vazirlik va idoralarning soliqlar, majburiy yigʻimlar, boj va jarimalardan ajratmalar hisobiga shakllangan, depozit hisobvaraqlarida mavjud mablagʻlar qoldigʻi 50%ining byudjetga oʻtkazilishi.
Asosiy хulosalar:
1. Pandemiya tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir koʻrsatdi, bu esa byudjetga soliqlar tushumida aks etdi.
2. Davlat tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni muayyan darajada hal qildi, Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash bilan bogʻliq katastrofik vaziyatdan qochib qutulish imkonini berdi.
3. Kichik biznesni imtiyoz va preferensiyalar hisobiga qoʻllab-quvvatlash maqsadida soliq solish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Bunda respublikamizdagi eng yirik korхonalar byudjet yoʻqotishlarini qoplaydigan va soliqlar tushumini ta’minlaydigan asosiy sub’yektlarga aylandi.
![]()