Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Karantin davrida xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar «Mahalla», «Saxovat va koʻmak», «Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik» xayriya fondlariga, shuningdek ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga pul mablagʻlari va tovarlarni (xizmatlarni) begʻaraz berdilar. 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar ushbu maqsadlarda berilgan pul mablagʻlari va tovarlarga (xizmatlarga) foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi; tovarlar (xizmatlar) QQSdan ozod qilinadi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solish ob’yektiga kiritilmaydi
.
«Norma» yetakchi eksperti Natalya MEMETOVA buxgalter.uz iltimosiga koʻra ushbu imtiyozlarni qoʻllayotganda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida gapirib berdi:
– DSQ axborot xizmatining ma’lumotlariga koʻra, xayriya yordami koʻrsatadigan va ularni oladigan shaxslar haqidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining saxovat.argos.uz saytida shakllantiriladi. Ushbu saytda joylashtirilgan ma’lumotlar PF-5986-son Farmonda belgilangan soliq imtiyozlarini qoʻllash uchun asos boʻladi.
Hujjatlar bilan qanday rasmiylashtirish kerak
Imtiyozlar qoʻllanishini asoslash uchun siz yordam berayotgan shaxslar roʻyxatiga ega boʻlishingiz lozim.
Ushbu roʻyxatni ilova qilgan holda xayriya uchun mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirishni tavsiya etamiz. Buyruqda quyidagilarni koʻrsating:
- ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasini;
- qanday shaklda yordam koʻrsatilishini.
Siz yordam berayotgan jismoniy shaxslar mahalliy hokimiyat organlarining imtiyozli roʻyxatida qayd etilgan boʻlishi kerak.
27.04.2020 yildagi PF-5986-son Farmondagi chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan shakllantirilgan roʻyxatga kiritilgan jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan yordam ularning daromadi hisoblanmaydi.
Moliyaviy yordam koʻrsatganda toʻlov topshiriqnomasida asos boʻlgan hujjat (Farmon, buyruq yoki boshqa hujjat) raqami va sanasini qayd eting.
Tovarlar (xizmatlar) begʻaraz berilganda ularning qiymatini koʻrsatgan holda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiring
. U xarid qiymatidan yoki tannarxdan kelib chiqib aniqlanadi.
Hisobvaraq-fakturada QQSni:
- imtiyozning amal qilishi doirasida tovarlarni (xizmatlarni) berayotgan boʻlsangiz, koʻrsatmang, sababi u QQSdan ozod qilingan oborot hisoblanadi;
- begʻaraz berish imtiyoz bilan bogʻliq boʻlmasa, koʻrsating.
Jismoniy shaxslarga qimmatliklarni berish chogʻida ularning F.I.O., pasport ma’lumotlari va STIRi (imkoni boʻlsa) koʻrsatilgan tarqatish qaydnomasini rasmiylashtiring. U ham imtiyozni qoʻllash uchun hujjatli asos boʻladi. Materiallarni berish yakunlari boʻyicha hisobdan chiqarish dalolatnomasini rasmiylashtiring.
Soliq hisobotida qanday aks ettirish kerak
Xayriya xarajatlarining hisobotda aks ettirilishini misol yordamida koʻrib chiqamiz. Deylik, PF-5986-son Farmon doirasida korxona:
- «Mahalla» xayriya fondiga 7 000 ming soʻm miqdorida moliyaviy yordam koʻrsatdi;
- hokimlik tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan muhtoj jismoniy shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdi. QQSni hisobga olgan holda mahsulotlarni xarid qilish qiymati – 3 450 ming soʻm.
Korxona qoʻshimcha ravishda quyidagilarni tarqatdi:
- roʻyxatga kiritilmagan boshqa jismoniy shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlarini – QQS bilan 2 300 ming soʻmlik;
- shifoxonaga tibbiyot buyumlarini. Ularning xarid qiymati – QQSsiz 5 000 ming soʻm.
QQS
Moliyaviy yordam soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi va QQS hisob-kitobida aks ettirilmaydi.
Tovarlarni (xizmatlarni) berish chogʻida imtiyozni qoʻllab – QQSsiz, hisobvaraq-fakturalarni toʻgʻri rasmiylashtirgan boʻlsangiz, ular Hisob-kitobga 5-ilova – Realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida toʻgʻri aks etadi. Tegishincha, Hisob-kitobda axborot kelgusida ham toʻgʻri shakllantiriladi.
Imtiyozni hisobotda aks ettirish uchun Hisob-kitobga 2-ilovaning 030-«Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq soliq solinmaydigan tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha aylanmalar - jami» satrini toʻldiring. Buning uchun 030…-satrda 7820 kodli imtiyozni tanlang.
2-ilovaning 030, 010-satrlari va 1-ilovaning 01021-«QQSdan ozod qilinadigan realizatsiya qilishdan sof tushum» satri avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Tekinga berish qiymatini 1-ilovaning 0102-«Tovarlarni realizatsiya qilishdan sof tushum» satriga ham kiriting.
Imtiyoz bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlarni (xizmatlarni) tekinga berish boʻyicha oborotga QQS solinadi. Uni quyidagi satrlarda aks ettiring:
- 1-ilovaning 0102-satrida – tovarlar, oʻz mahsulotlari, xizmatlar boʻyicha;
- 1-ilovaning 01081… «Soliq solinadigan boshqa aylanmalar» satrida – materiallar boʻyicha.
Xarid qilingan, xayriya maqsadlarida beriladigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha QQS quyidagi hollarda hisobga olinmaydi:
- PF-5986-son Farmon boʻyicha imtiyoz qoʻllanganda – ular QQSdan ozod qilingan aylanma maqsadlarida xarid qilingani munosabati bilan
; - boshqa hollarda – ular boʻyicha xarajatlar chegirilmaydigan xarajatlar hisoblanadigan ehtiyojlar uchun foydalanilishi sababli
.
Hisobga oʻtkaziladigan QQSni alohida hisobga olish usulidan foydalansangiz, xarid qilingan qimmatliklar boʻyicha soliqni Hisob-kitobga 3-ilovaning 0302-satrida aks ettiring.
Mutanosib usulda hisobga olinishi lozim boʻlmagan QQS summasi soliq solinmaydigan oborot summasining joriy yil davomida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha oborotning umumiy summasiga nisbati sifatida avtomatik ravishda aniqlanadi (Hisob-kitobga 3-ilovaning 0202-satri).
Keltirilgan misoldagi ma’lumotlarga koʻra imtiyoz bilan bogʻliq boʻlmagan qimmatliklarni tekinga berish chogʻida QQSni hisoblash zarur:
(2 300 + 5 000) x 15% = 1 095 ming soʻm.
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish chogʻida QQS hisobga olinmaydi, balki ularning qiymatiga kiritiladi:
(2 300 + 3 450) : 115 x 15 = 750 ming soʻm.
Foyda soligʻi
Imtiyoz doirasidagi xayriya xarajatlari 10 450 ming soʻm (7 000 + 3 450) chegiriladigan xarajatlar hisoblanadi. QQSni hisobga olgan holda qolgan xarajatlar 8 395 ming soʻm ((2 300 + 5 000) x 115%) – chegirilmaydigan xarajatlar
.
Imtiyozli summa 10 450 ming soʻmni Foyda soligʻi hisob-kitobiga 3-ilovaning 070...-satrida, roʻyxatdan tegishli imtiyozni tanlab olib aks ettiring. U 3-ilovaning 030-satrida avtomatik ravishda aks etadi.
Barcha xayriya xarajatlari (moliyaviy va moddiy qismi) 18 845 ming soʻmni (10 450 + 8 395) Hisob-kitobga 2-ilovaning 0121-«Xayriya yordami tarzida berilgan mablagʻlar» satrida aks ettirish mumkin.
Boshqa variant:
- hisoblangan QQSni hisobga olgan holda moddiy qismi 11 845 ming soʻmni (3 450 + 8 395) – 0129-«Tekin berilgan mol-mulkning (xizmatlarning) qiymati va bunday berish bilan bogʻliq boʻlgan (shu jumladan QQS summasi kiritilgan) xarajatlar» satrida;
- moliyaviy yordam 7 000 ming soʻmni – 0121-satrda aks ettirish.
Summalar 4-«Chegirilmaydigan xarajatlar» ustunida avtomatik ravishda aks ettirilishiga e’tibor bering.
Bundan tashqari, barcha xayriya xarajatlarini «Boshqa xarajatlar» 070–120-satrlarining 3, 4-ustunlarida koʻrsating. 060-satr avtomatik ravishda toʻldiriladi.
Hisob-kitobning 020-satrida 2-ilovadagi ma’lumotlar hisobga olingan holda chegiriladigan xarajatlar avtomatik ravishda shakllanadi. 2-ilovada barcha xayriya xarajatlari chegirilmaydigan xarajatlar sifatida aks ettirilgani sababli ular 020-satrda koʻrsatilmaydi.
Biroq imtiyozli qismini 3-ilovada aks ettirdik, u Hisob-kitobning 040-satrida avtomatik ravishda hisobga olinadi.
Soliq bazasi Hisob-kitobning 060-satrida imtiyozni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Shu tariqa, avval xayriya xarajatlari chegirilmaydigan xarajatlar sifatida aks ettiriladi, soʻng soliq bazasini aniqlash chogʻida imtiyozli qismi chegiriladi.
Aylanmadan olinadigan soliq
Moliyaviy yordam aylanmadan olinadigan soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.
Hisob-kitobning 011-«Tovarlarni, xizmatlarni tekinga berishdan koʻrilgan zararlar» satrida nimalarni aks ettirish kerak?
Ushbu satr faoliyat turlariga qarab toʻldirilishi muhim ahamiyatga ega. Bundan siz savdo korxonasi boʻlgan va siz uchun u tovar hisoblangan yoki siz ishlab chiqarish korxonasi boʻlgan va siz uchun u tayyor mahsulot hisoblangan taqdirdagina tarqatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini aks ettirish zarur, degan xulosani chiqarish mumkin.
Boshqa hollarda korxona ularni chiqib ketishi korxonaning faoliyat turlari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa mol-mulk sifatida hisobga oladi.
. Tovarlarga boʻlgan mulk huquqini bepul asosda oʻtkazish yoki bepul asosda xizmatlar koʻrsatish ham realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi
.SKdagi ta’riflardan va Hisob-kitob mantigʻidan kelib chiqib, quyidagi xulosaga kelamiz:
- savdo korxonasi oziq-ovqat mahsulotlarini kelgusida realizatsiya qilish uchun xarid qilgan, biroq xayriyaga yoʻnaltirgan boʻlsa, ularning qiymati 5 750 ming soʻmni (2 300 + 3 450) Hisob-kitobning 011-satrida aks ettirish zarur;
- oziq-ovqat mahsulotlari xayriya maqsadlarini koʻzlab xarid qilingan va savdo faoliyati bilan bogʻliq boʻlmasa, ular 011-satrda aks ettirilmaydi.
Tibbiyot buyumlari ham sogʻliqni saqlash muassasasiga berilgani sababli 011-satrda aks ettirilmaydi
.
011-satrda oziq-ovqat mahsulotlari aks ettirilgan boʻlsa, soliq bazasini imtiyoz doirasida berilgan mahsulotlar qiymati – 3 450 ming soʻmga kamaytirish uchun roʻyxatdan kerakli imtiyozni tanlab, uni Hisob-kitobga 2-ilovaning 030…-satrida aks ettiring.
2-ilovaning 030 va 010-satrlari, shuningdek Hisob-kitobning 050-«Soliq solinadigan jami daromadning kamaytirilishi» satri avtomatik ravishda toʻldiriladi. Bunda imtiyoz summasi – savdo korxonasining faoliyat turiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq solinadigan bazani kamaytirish summasini koʻrsatish lozim.
JShDS
Tekinga olingan mol-mulk va xizmatlarning qiymati – jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari. Mol-mulkni berish chogʻida hisoblangan QQS uning qiymatida hisobga olinadi
.
Moddiy naf tarzidagi daromadlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kirmasligi sababli ularga ijtimoiy soliq solinmaydi
.
Jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari Hisob-kitobga 6-ilovada familiyama-familiya rasshifrovkada va Hisob-kitobning 012-satrida yoki 0121-satrida aks ettiriladi.
PF-5986-son Farmon boʻyicha imtiyozlarni JShDS hisob-kitobida aks ettirish kerakmi?
Sizda yordam olgan jismoniy shaxslarning STIRi haqida axborot boʻlsa, buni amalga oshirish mumkin. Bu holda taqsimlash qaydnomasiga muvofiq ularni 6-ilova rasshifrovkasiga kiriting. «JShDS» 6 va 7-ustunlarida «0» koʻrsating.
Hisob-kitobga 2-ilovaning 050…-satrida roʻyxatdan Farmon boʻyicha imtiyozni tanlab olib, oziq-ovqat mahsulotlari qiymati 3 450 ming soʻmni va ularni olgan shaxslar sonini koʻrsating. 2-ilovaning 050 va 010-satrlarida, Hisob-kitobning 030-satrida JShDS boʻyicha soliq bazasini kamaytiradigan imtiyozlarning umumiy summasi avtomatik ravishda aks etadi.
Sizda imtiyoz doirasida oziq-ovqat mahsulotlarini olgan jismoniy shaxslarning STIRi haqida axborot boʻlmasa, ularni JShDS boʻyicha hisobotda aks ettirmasligingiz mumkin, sababi PF-5986-son Farmonga muvofiq begʻaraz yordamga jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi.
Hokimlik roʻyxatiga kiritilmagan jismoniy shaxslarga berilgan, QQS hisobga olingan (hisobga olingan taqdirda) oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini esa Hisob-kitobga 6-ilovada – STIRni koʻrsatgan holda aks ettirish zarur. Ular – JShDS solinadigan daromadlar.
Oziq-ovqat mahsulotlari qiymatidan JShDS quyidagi miqdorni tashkil etadi:
- QQSni toʻlovchi korxonalarda (2 300 x 1,15) x 12% = 317,4 ming soʻm;
- aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi korxonalarda 2 300 x 12% = 276 ming soʻm.
Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliqning hisoblab chiqarilgan summasi natura tarzidagi toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin 5 kun ichida toʻlanadi
.
Soliqni ushlab qolish va byudjetga hisoblab oʻtkazish uchun javobgarlik korxona zimmasiga yuklatiladi. U xayriya aksiyasi boʻlgani sababli JShDSni korxona toʻlaydi.
Boshqa shaxslar uchun toʻlangan soliqlar – foyda soligʻini hisoblash chogʻida chegirilmaydigan xarajatlar
.
Buxgalteriya hisobi
|
Operatsiya |
Debet |
Kredit |
|
Moliyaviy yordam hisoblab oʻtkazildi |
|
|
|
Materiallar tekinga berildi |
6410 (QQS)* 6410 (JShDS)* |
|
|
Mahsulotlar tekinga berildi |
6410 (QQS)* 6410 (JShDS)* |
|
|
Tovarlar tekinga berildi |
6410 (QQS)* 6410 (JShDS)* |
|
|
Xizmatlar tekinga koʻrsatildi |
6410 (QQS)* 6410 (JShDS)* |
*6410-schyotni kreditlash boʻyicha provodkalar – PF-5986-son Farmon boʻyicha imtiyozlar bilan bogʻliq boʻlmagan xayriya yordami koʻrsatilganda QQS va JShDS hisoblash.
Xulosa:
PF-5986-son Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlar qoʻllab-quvvatlashga juda muhtoj boʻlgan shaxslarga yordam berishga moʻljallangan. Berilgan imtiyozlar va ularni qoʻllash tartibi buni tasdiqlaydi. Ushbu chora-tadbirlar doirasidagi xayriya yordami uni koʻrsatadiganlarning soliq yukini yengillashtiradi. Bunda byudjetga tushumlar kamayishini unutmaslik lozim.
Berilgan imtiyozlardan ortiq miqdordagi xayriya yordamini oʻz xohishingizga koʻra berasiz. Shu sababli bunda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining umumiy normalari bilan belgilangan tartibda harakat qilish lozim.
![]()