9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Oddiy buxgalter bu savolga javob bera olmaydi. Boshqaruv hisobini biladigan buxgalter yoki boshqa mutaxassis esa unga bemalol javob beradi! Hozircha boshqaruv hisobi dastaklaridan foydalana olmasangiz – hechqisi yoʻq. «Norma» PRM sizni «Relevant xarajatlar» ochiq mashgʻulotiga taklif etadi. Sizni 8 sentyabr kuni soat 19.00 da kutamiz!
– Mashgʻulot bepul vebinar shaklida oʻtkaziladi. Uni ajoyib oʻqituvchi – Irina ZAVALIShINA, ASSA DipIFR, CAP/CIPA, XMHS boʻyicha kurslar, kitoblar va koʻplab maqolalar muallifi oʻtkazadi.
21 sentyabr kuni CIMA sertifikati «Biznes samaradorligini boshqarish» uchun R1 imtihonini topshirishga tayyorgarlik kursi boshlanadi. Ushbu kurs dasturidagi «Relevant xarajatlar» – eng qiziqarli mavzulardan biri. Boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilish chogʻida aynan relevant xarajatlarni hisobga olish lozim:
- kompaniya xodimlarning mehnatiga qancha toʻlay oladi?
- yarim tayyor mahsulotni oʻzi ishlab chiqargan ma’qulmi yoki uni sotib olish foydaliroqmi?
- zarar koʻrib ishlayotgan boʻlinmani yopish kerakmi yoki yoʻqmi?
- uskunani ijaraga olish kerakmi yoki sotib olish?
Shu va shunga oʻxshash boshqa savollar ehtimoliy variantlarning har biri boʻyicha xarajatlar va daromadlar taqqoslana olishini (relevantligini) baholab, ulardan birini tanlashni talab etadi.
Vebinar boshqaruv hisobi va hisobot sohasidagi mutaxassislar, moliyaviy menejerlar, buxgalterlar, rahbarlar va biznes egalari uchun foydali boʻladi.
Vebinar dasturi:
- Turli maqsadlar uchun xarajatlarni klassifikatsiyalash.
- Relevant xarajatlar: ta’rifi va xususiyatlari.
- Relevant xarajatlarning turli shakllari: bartaraf etiladigan, inkrement, muqobil xarajatlar.
- Relevant xarajatlarni aniqlashning alohida qoidalari (materiallar, mehnat, kapital xarajatlar).
- Relevant daromadlar.
- Relevant xarajatlar va daromadlar konsepsiyasini qoʻllashga oid amaliy misollar.
Vebinar davomida:
- CIMA R1 dasturidagi eng qiziqarli va murakkab savollardan biriga javob topib, oʻqituvchiga savollar bera olasiz;
- CIMA dasturi boʻyicha real mashgʻulot muhitiga shoʻngʻib, mavzuni qanchalik yaxshi egallaganingizni baholaysiz;
- rus tilidagi CIMA kvalifikatsiyasi mazmuni haqida tasavvurga ega boʻlasiz va u sizga qanchalik toʻgʻri kelishini baholaysiz;
- kelgusida CIMA dasturi boʻyicha oʻqish istagini bildirsangiz, faqat ushbu vebinar ishtirokchilari uchun taqdim etilgan alohida shart-sharoitlardan foydalanish imkonini qoʻlga kiritasiz.
CIMA kursi «Biznes samaradorligini boshqarish» sertifikatsiyasi va dasturi haqida bu yerda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Savollaringiz boʻlsa – qoʻngʻiroq qiling: (+998) 78 148-11-72.
![]()