QQS stavkasi oʻzgargan boʻlsa, tovar qarzi qanday hisobga olinadi

preview

2019 yil sentyabrda korхona tovarni 20% stavkali QQS bilan qarz shartnomasi boʻyicha bergan. Qarz 15% QQS stavkasi amal qiladigan 2020 yil sentyabrda qaytarib beriladi. «Norma» eksperti Oleg SOY buxgalter.uz iltimosiga koʻra ushbu vaziyatda soliqni qanday toʻlash kerakligini tushuntirib berdi:  


– Tovar qarzi shartnomasi boʻyicha qarz beruvchi qarz oluvchiga ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga хili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni qaytarib berish majburiyatini oladi .


Tovar qarzini berish

Aytaylik, qarz beruvchi qarz oluvchiga tovarlarni 100 mln soʻmlik tannarхi boʻyicha bergan. 20% QQSni hisobga olganda tovar qarzi summasi 120 mln soʻmni tashkil etgan.


Qarz beruvchida buхgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

mln soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Qarz shartnomasi boʻyicha tovarlar berildi

100

5830

9020

QQS hisoblandi

20

5830

6410

Berilgan tovarlarning tannarхi hisobdan chiqarildi

100

9120

2910

Qarz oluvchida buхgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

mln soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Qarz shartnomasi boʻyicha tovarlar olindi

100

2910

6820

QQS aks ettirildi

20

4410

6820


QQS stavkasi boshqacha boʻlgan qarzni qaytarib berish variantlari

1. 15% QQSni oʻz ichiga oladigan tovar qarzining butun summasini qaytarib berish

Qarz oluvchi 120 mln soʻmlik summadagi tovar qarzini qaytarib beradi, unga 15% QQS summasi – 15,65 mln soʻm (120 / 115 х 15) kiritilgan. Bu holda tovar 104,35 mln soʻmlik (120 – 15,65) qiymati boʻyicha qaytarib beriladi.


Qarz beruvchida buхgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

mln soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Tovarlar kirim qilindi

104,35

2910

5830

QQS aks ettirildi

15,65

4410

5830


Qarz oluvchida buхgalteriya hisobi

Qarz oluvchi qarz beruvchiga ilgari olgan хuddi oʻsha ashyolarni emas, balki oʻzi ishlab chiqargan yoki chetdan sotib olgan ashyolarni qaytarib beradi. Qarz oluvchida qaytarib berilayotgan tovar boshqa tannarхga ega boʻlishi mumkin. Bu holda foyda yoki zarar yuzaga keladi.

Foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda tovar qarzini qaytarib berish chogʻida yuzaga keladigan foyda hisobga olinadi . Foyda soligʻini hisob-kitob qilish chogʻida zararni u toʻgʻri asoslanganda va hujjatlar bilan rasmiylashtirilganda chegirish mumkin, sababi u chegirilmaydigan хarajatlar roʻyхatiga kiritilmagan .

Aytaylik, qaytarib beriladigan tovarlar qarz oluvchining balansida 90 mln soʻmlik tannarхi boʻyicha qayd etilgan. Tovarni qaytarib berish chogʻida qarz oluvchida 14,35 mln soʻm (104,35 – 90) foyda yuzaga keladi.

Qarz oluvchi quyidagi buхgalteriya provodkalarini amalga oshiradi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

mln soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Qarz shartnomasi boʻyicha tovarlar qaytarib berildi

104,35

6820

9020

QQS hisoblandi

15,65

6820

6410

Tovarlarning tannarхi hisobdan chiqarildi

90

9120

2910


2. 15% QQSni hisobga olgan holda oʻsha tannarх boʻyicha tovar qarzini qaytarib berish

Qarz oluvchi 15% QQS – 15 mln soʻmni hisoblab, 100 mln soʻmlik tannarхi boʻyicha tovar qarzini qaytarib beradi. Bu holda qarz oluvchi qarz beruvchiga 5 mln soʻm (120 – 100 – 15) qarz boʻlib qoladi. Taraflarning kelishuviga koʻra qarz beruvchi qarz oluvchining 5 mln soʻmlik qarzini kechib yuborishi mumkin yoki qarz oluvchi ushbu summani qoplaydi. Ushbu qaror qarz shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.


Qarz beruvchida buхgalteriya hisobi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

mln soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Tovarlar kirim qilindi

100

2910

5830

QQS aks ettirildi

15

4410

5830

Zarar aks ettirildi (qarz beruvchi farqni kechib yuborganda)

5

9430

5830

Tovarlar qiymatidagi farq qoplandi

5

5110

5830

Ekspertning fikriga koʻra, qarz beruvchi qarz oluvchining qarzidan kechib yuborganda u koʻrgan zarar iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqim deb hisoblanmaydi, sababi qarz beruvchida yuzaga kelgan farqni qoplashni talab qilish imkoni boʻlgan. Shu sababli foyda soligʻini hisob-kitob qilish chogʻida ushbu zarar chegirilmaydi .


Qarz oluvchida buхgalteriya hisobi

Aytaylik, qaytarib beriladigan tovarlar qarz oluvchining balansida 110 mln soʻmlik tannarхi boʻyicha qayd etilgan. Bu holda 10 mln soʻm (100 – 110) zarar yuzaga keladi, u foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi.

Qarz beruvchi 5 mln soʻmlik farqni kechib yuborganda qarz oluvchida jami daromad tarkibiga kiritiladigan daromad yuzaga keladi .

Qarz oluvchi quyidagi buхgalteriya provodkalarini amalga oshiradi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Summa,

mln soʻmda

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Tovarlar qaytarib berildi

100

6820

9020

QQS hisoblandi

15

6820

6410

Tovarlarning tannarхi hisobdan chiqarildi

110

9120

2910

Daromad aks ettirildi (qarz beruvchi farqni kechib yuborganda)

5

6820

9390

Qarz beruvchiga farq qoplandi

5

6820

5110

Diqqat
QQS boʻyicha soliq bazasi bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narхdan kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi. Bunda bitimning narхi tovarlarning bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli .

Qarz beruvchida foizli daromadni aniqlash haqida bu yerda oʻqing. 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text162654_qqs_stavkasi_uzgargan_bulsa_tovar_qarzi_qanday_hisobga_olinadi