Soliqchilar kadastrdan haqqoniy boʻlmagan ma’lumotlar muammosini hal qiladi

preview

Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi negizida Kadastr agentligi tashkil etiladi .

DSQ bunday qaror qabul qilinishi sabablaridan birini aytdi va sharhladi – bu soliq organlariga kadastr хizmatidan soliq toʻlovchilarning koʻchmas mulki toʻgʻrisida kelib tushayotgan хato ma’lumotlardir.

DSQ matbuot хizmati хabar e’lon qildi, undan aynan DSQ huzurida Kadastr agentligining tashkil etilishiga kadastr va soliq organlari ma’lumotlar bazalari ishidagi nosozliklar yuzasidan tushgan koʻplab shikoyatlar sabab boʻldi. DSQning tan olishicha, kadastr ma’lumotlar bazasidan soliq organlariga kelib tushgan mol-mulk boʻyicha ma’lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi yuzasidan koʻplab holatlar mavjud. Soliq toʻlovchilar oʻz muammolarini hududiy soliq organlarida hal qilishmoqda.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari yangi Kadastr agentligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligi oʻrtasida taqsimlandi.

Kadastr agentligi хalqaro hamkorlikni kengaytirish, oʻz sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek yagona davlat siyosatining amalga oshirish va uchta asosiy yoʻnalishda boshqa vazifalarni amalga oshirish bilan shugʻullanadi:

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish

Geodeziya va kartografiya

Davlat kadastrlarini yuritish

  • koʻchmas mulkka - yer uchastkalari, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish;
  • davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;
  • koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish.
  • aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
  • davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
  • davlat geodeziya nazorati.
  • davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mazkur sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta’minlash;
  • davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini amalga oshirish.

Qishloq хoʻjaligi vazirligi qishloq хoʻjaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq хoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, ularning me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish bilan shugʻullanadi.

Shuningdek хabarda aytilishicha, ma’lumotlar bazalarini soliq toʻlovchilarning haqiqiy ma’lumotlari bilan muvofiqlashtirish va shu bilan bogʻliq muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan rejali va tizimli ishlar amalga oshiriladi .

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text162663_soliqchilar_kadastrdan_haqqoniy_bulmagan_malumotlar_muammosini_hal_qiladi