Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Qaror inflyatsiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflyatsiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash maqsadlari oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi.
Bu qayta moliyalashtirish stavkasi qoʻllaniladigan barcha hisob-kitoblarda, 10 sentyabrdan boshlab 14% koʻrsatkichidan foydalanish zarurligini bildiradi.
MBning asosiy stavkasi foizsiz qarzlar (moliyaviy yordam) boʻyicha daromadlar hisob-kitobida soliq solish maqsadlarida qoʻllaniladi
.
Shuningdek, kredit va depozit shartnomalarini ularda MBning amaldagi asosiy stavkasiga havola keltirilgan holda toʻlovlarni soʻndirish va toʻlash boʻyicha majburiyatlar mavjudligi borasida qayta tekshirishni tavsiya qilamiz.
![]()