DSQda shikoyatlarni qabul qiluvchi “Soliq hamkor” mavjud

preview

DSQning «Soliq hamkor» axborot tizimi kontragentlarga soliq organlarini soliq toʻlovchi, soliq agenti yoki boshqa tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar haqida xabardor qilish imkonini beradi. Agar sizning ustingizdan shikoyat qilishgan boʻlsa, tekshiruv boʻlishi mumkin.

Tizim quyidagilar haqida xabarlarni qabul qiladi:

  • mahsulot yoki xizmat uchun toʻlov qilinganda chek taqdim etmaslik;
  • toʻlov terminallari orqali savdo qilishni rad etish yoki narxlarni oshirish;
  • yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarni sotish;
  • aksiz markasiz spirtli va tamaki mahsulotlarini sotish;
  • sifat sertifikati boʻlmagan mahsulotlarni sotish;
  • noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
  • koʻchmas mulkni Orom.uz platformasiga kiritmasdan dam oluvchilarga ijaraga berish.

Bunda taqdim etilgan ma’lumot aniq, toʻliq va ishonchli boʻlishi kerak. Anonim murojaatlar qabul qilinmaydi. Xabar qoldirgan har bir fuqaro oʻz xabari holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.

Tizim:

Soliq organlariga joriy yil 22 sentyabr holatiga iste’molchilar tomonidan turli soliqqa oid huqubuzarliklar boʻyicha 700 ga yaqin xabar berilgan. Ushbu xabarlar boʻyicha 125 ta tekshirish oʻtkazildi, 88 ta murojaat rad etilgan va 140 tasi oʻrganish jarayonida.

Manba

DSQ Matbuot xizmati materiallari asosida

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text163390_dsqda_shikoyatlarni_qabul_qiluvchi_soliq_hamkor_mavjud