2021 yilda dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida nimalarni bilish lozim

preview

QHTBT portalida Prezidentning “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi e’lon qilingan. Norma.uz hujjatning sharhini tayyorladi:

E’tibor bering
Farmonning loyihasiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Shu bois – hammasini e’tiborga olamiz, biroq baribir yakuniy tasdiqlangan hujjatni kutamiz!

Xullas, 2021 yilda:

  • qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilash: 2 sentyabr, payshanba, 3 sentyabr, juma.
  • dam olish kunini 27 mart shanbadan  22 mart dushanbaga kuniga koʻchirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek:

  • 2 yanvar, shanba, 4 sentyabr, shanba va 22 mart, dushanba kunlari barcha хodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi;
  • byudjet tashkilotlarida qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi;
  • har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qoʻshimcha dam olish kuni qoʻshiladi;
  • har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak;
  • byudjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda qoʻshimcha dam olish kuni mehnat ta’tiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.

Norma.uz materiallari asosida

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text163945_2021_yilda_dam_olish_kunlarini_kuchirish_tugrisida_nimalarni_bilish_lozim